Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kecha 28-fevral kuni Angliya Kubogi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlarda kutilmagan natijalar bo‘lmadi.

“Liverpul” jamoasi o‘zining 18 yoshli futbolchilari bilan “Sautgempton” jamoasi bilan kuch sinashdi. Aynan shu o‘smirlar o‘yin taqdirini hal qildi. Uchrashuvning 44-daqiqasida Kumas hisobni ochdi va 77 va 88-daqiqalarida darvozani ishg‘ol qilgan Denns o‘z nomiga dubl yozdirib qo‘ydi.

Foto: Getty Images

 “Chelsi” o‘z uyida “Lids” jamoasini so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga mag‘lub etdi. Avvaliga mehmonlar vakili Fernandes 8-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Jekson va Mudrikning gollari evaziga oldinga chiqib olgan mezbonlar 59-daqiqada yana o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi. Gol muallifi — Fernandes.

O‘yinning 90-daqiqasida Gallaxerning goli London jamoasini chorak finalga olib chiqishga xizmat qildi.

Foto: Getty Images

Qolgan natijalar:

  • “Vulverxempton” – “Brayton” 1:0
  • “Nottingem Forest” – “Manchester Yunayted” 0:1
  • “Koventri” – “Meydston Yunayted” 5:0
  • “Bornmut” – “Lester” 0:1
  • “Blekbern” – “Nyukasl” 1:1
  • “Luton” – “Manchester Siti” 2:6

Shu bilan bir qatorda kecha chorak final bahslari uchun qur’a tashlandi. Unga ko‘ra quyidagi juftliklar yarim final uchun kurashadi:

  • “Vulverhempton” – “Koventri”
  • “Manchester Yunayted” – “Liverpul”
  • “Chelsi” – “Lester”
  • “Manchester Sit” – “Nyukasl”

Bellashuvlar 16—17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »