Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

29-fevral kuni Yevroparlament aʼzolari rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning o‘limi bo‘yicha mustaqil xalqaro tergov o‘tkazishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Foto: The New York Times

509 deputat va to‘qqiz nafar muxolifat vakillari maʼqullagan hujjat nafaqat Navalniy o‘limiga aloqador bo‘lgan shaxslar, balki uning mahkamasi va sudlanishida ishtirok etgan hamda uning qamoq sharoitlari uchun javobgar bo‘lgan barcha shaxslarga nisbatan jazo choralarini qo‘llashga chaqiradi. Shu bilan birga, deputatlar Navalniyning o‘limi uchun “jinoiy va siyosiy javobgarlikni” Rossiya oliy rahbariyatiga yuklaydi.

Maʼlumot o‘rnida, jazoni ijro etish federal xizmatining Yamalo-Nenets avtonom viloyati bo‘yicha boshqarmasi 16-fevral kuni Navalniy tartibli koloniyada vafot etganini maʼlum qilgan edi. Jazoni ijro etish organiga ko‘ra, Navalniy to‘satdan o‘zini yomon his qilgan va hushidan ketgan. Shifokorlar zudlik bilan yetib kelishgan, biroq ularning 30 daqiqadan ortiq davom etgan harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »