Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tabiiy meva va sabzavotlar organizm uchun vitaminlar zaxirasi hisoblanadi. Bahorning ilk kunlarida qanday turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish lozimligi haqida so‘z yuritamiz.

Selderey

Foto: Amazing garden

Fevral oyida yetishtirilgan seldereyning bargi va poyasini ko‘plab turdagi taomlar — smuzi, salat, sho‘rva va sous bilan qo‘llash mumkin. Seldereyni olimlar yoshartiruvchi sabzavot deb atashadi, chunki uning barglarida qarish jarayonini sekinlashtiruvchi va o‘ziga xos oqsil — kollagenni rag‘batlantiruvchi C vitamini mavjud.

Sitrus mevalari

Foto: Vsegda pomnim

Limon, apelsin, mandarin, greypfrut kabi mevalar foydaliligi, shifobaxshligi va taʼmi jihatidan birinchi o‘rinda turadi. Ular tarkibida shakar (1 – 2 dan 15 foizgacha), limon kislotasi (0,9 – 8 foiz) pektin, А,B,C va boshqa vitaminlar ko‘p. Sitrus mevalari bahor faslida immunitet susayishi bilan faol kurashadi.

Daykon (yaponcha turp)

Foto: Agromagistral

Fevral, mart oylarida daykonni ham pishgan, ham xom holida iste’mol qilish mumkin. Daykon o‘zida juda ko‘p miqdorda biriktiruvchi to‘qima va C guruh vitamini saqlaydi. U kraxmal saqlovchi taomlarni yaxshi hazm qilinishiga yordam beradi.  Shu sabab ham kartoshkali taomlar pishirganda daykondan salatlar tayyorlash tavsiya etiladi.

Kivi

Foto: Dzen

Kivi C vitamini miqdori bo‘yicha rekordchilardan biri — 100 gramm meva 4 kunlik normani tashkil qiladi. C vitamini kuchli tabiiy antioksidantdir. Shu sababli kivi — bahorda immunitet tushishini oldini olishda eng foydali meva.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »