Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aholi, ayniqsa, yoshlarga yerlarni auksion orqali bo‘lib berish amaliyoti Xorazmda ham davom ettiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mutasaddilarga shu tartibda har bir tumanda 100 gektardan yerni bo‘lib berish topshirildi.

Davlat rahbari har qarich yerni, har tomchi suvni yuqori hosilga aylantirish yo‘lidan borish shartligini, buni xorazmliklar hammadan ko‘ra yaxshi tushunishini ta’kidladi.

Mutasaddilarga xorijiy davlatlardan sho‘r tuproqqa chidamli paxta navlarini olib kelib, Xorazm sharoitida yetishtirishni tashkil qilish topshirildi.

Urganch shahrida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatlash laboratoriyasi tashkil etiladi. Viloyatdagi fermer va klasterlarga 1000 ta texnikani lizing asosida yetkazib berish vazifasi qo‘yildi.

Viloyatda sovitkichli ombor va kichik logistika markazlariga ehtiyoj katta. Shu munosabat bilan har bir tumanda 40 tadan kichik sovitkichli ombor tashkil qilish boshlanadi. 10 ta kichik agrologistik markazi qurilib, tadbirkorlarga tayyor holda taklif qilinadi. Bunga 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »