Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Avstriyalik ayol o‘g‘lini kichkina it qafasga qamab, qiynab, och qoldirgani uchun 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda manbalarga tayanib, IOL xabar berdi.

Photo: AFP

Dushanba kuni 12 yoshlik o‘g‘lini 2022-yil iyul-noyabr oylari oralig‘ida it qafasida qamab, och qoldirib, noldan past haroratda ustidan muzdek suv sepganlikda ayblangan onaga sud hukmi o‘qildi.

Payshanba kuni Avstriyaning Krems shahrida bo‘lib o‘tgan sudda  33 yoshli ayol ko‘plab ayblovlar, jumladan, qotillikka urinishda aybdor deb topilgan. Uning 40 yoshli dugonasi chat xabarlari va telefon qo‘ng‘iroqlari orqali dugonasini qo‘llab quvvatlagani uchun 14 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. 

Ona 2022-yil oxirida do‘sti chaqirgan ijtimoiy xizmatchi bolaning to‘yib ovqatlanmasligi, komaga tushib qolgani va gipotermiyadan aziyat chekayotganini aniqlaganidan keyin hibsga olingan. Xabar qilinishicha, ayol xonadon derazalarini bir necha soat noldan past haroratda ochib, o‘g‘liga sovuq suv sepgan, natijada uning tana harorati hayot uchun xavfli bo‘lgan 26,8 darajaga tushib ketgan.

Sudda ona o‘z qilmishi uchun kechirim so‘rab, o‘g‘lini shunchaki “jazolamoqchi” bo‘lganini aytgan. Raislik qiluvchi sudya bolaning psixologik jihatdan butunlay barbod qilinganligini aniqlagan. Sudda onaning sherigi bu zo‘ravonlikdan bexabar bo‘lganligini aytgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bola avval ham onasidan qochib ketgan, biroq unga qaytarilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »