Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 27-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” 3-mart, yakshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 8-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Reshford super gol urib hisobni ochdi. Mezbonlar goldan so‘ng to‘liq ustunlikda harakat qilishiga qaramay, hisobni o‘zgartirishning uddasidan chiqa olmadi.

Ikkinchi bo‘limning 56-daqiqasida Foden ajoyib zarba bilan hisobni tenglashtirdi. 80-daqiqaga kelib Foden jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning qo‘shib berilgan daqiqalar boshlanganida katta sahnaga Holand chiqdi. U himoyachining xatosidan unumli foydalanib, o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Erling Holand “Manchester Siti” safida “Yunayted”ga qarshi eng samarali o‘ynab kelayotgan futbolchi hisoblanadi. U so‘nggi to‘rt o‘yinda 6 gol va uchta assist qayd etdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng, “Siti” hisobidagi ochkolar 62 taga yetdi va jamoa “Liverpul” dan bir ochko ortda qolmoqda.


APL

27-tur bahsi

3-mart, yakshanba

“Manchester Siti” – “Manchester Yunayted” 3:1

Gollar: 0:1 – 8 Reshford, 1:1 – 56 Foden, 2:1 – 80 Foden, 3:1 – 90+1 Holand.

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Ake, Ruben Diash, Stounz, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Foden, Doku (Alvares, 59), Holand.

“Manchester Yunayted”: Onana, Diogu Dalot, Evans (Kambvala, 69), Varan, Lindelef, Brunu Fernandesh, Kazemiro, Maktominey, Maynu (Amrabat, 82), Garnacho (Forson, 82), Reshford (Antoni, 75).

Ogohlantirishlar: Varan (68).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »