Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 25-turidan o‘rin olgan asosiy o‘yinlar 17-fevral, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Turning markaziy o‘yinida “Manchester siti” o‘z uyida “Chelsi”ni qabul qildi. Uchrashuvning 42-daqiqasida  “shaharliklar” sobiq a‘zosi Rahim Sterling mehmonlarni oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limda ikki jamoada ham ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi. Uchrashuvning 83-daqiqasida Rodri hisobni tenglashtirdi. Ushbu gol uchrashuvning so‘nggi goli bo‘lib qoldi  va “Manchester siti” chempionlik poygasidagi yurishida o‘ziga muammolar orttirib oldi.

“Byornli” ga qarshi mehmonda harakat qilgan “Arsenal” yirik hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq Edegor hisobni ochdi, Birinchi bo‘lim oxirlarida Saka hisobni 0:2 ga yetkazdi. Ikkinchi bo‘limni “Arsenal” yana gol bilan boshladi. Trossard va Haverts hisobni 0:5 holatiga kelishini ta‘minladi.

“Liverpul” ham o‘z o‘yinini mehmonda o‘tkazdi. Birinchi bo‘limning 35-daqiqasida Nunez hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limga o‘zgacha ishtiyoq bilan tushgan “qizillar” yana uch bora raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishdi. Mehmonlar safida Mak Allister, Saloh Gakpo gol mualifiga aylanishdi. Tounining 75-daqiqada urgan goli mezbonlarning yagona goli bo‘lib qoldi va uchrashuv 1:4 hisobida yakunlandi.

Kechagi uchrashuvlardan keyin jadval quyidagicha ko‘rinishga kelgan:

                                                                         Foto: “Sofascore”

APL

25-tur

“Manchester Siti” – “Chelsi” 1:1

Gollar: 0:1 – 42 Sterling, 1:1 – 83 Rodri.

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Ruben Diash, Akanji, Ake, Foden, de Bryuyne, Rodri, Holand, Alvares (Bernardu Silva, 64), Doku.

“Chelsi”: Petrovich, Gusto, Disasi, Koluill, Chiluell, Gallaher, Fernandes, Palmer (Chaloba, 71), Kaysedo, Sterling (Nkunku, 64), Jekson (Kazadei, 82).

Ogohlantirishlar: Kaysedo (35), Palmer (60), Petrovich (62), Bernardu Silva (85).

“Brentford” – “Liverpul” 1:4

Gollar: 0:1 – 35 Nunyes, 0:2 – 55 Mak Allister, 0:3 – 68 Saloh, 1:3 – 75 Touni, 1:4 – 86 Gakpo.

“Brentford”: Flekken, Roerslev (Lyuis-Potter, 63), Mi, Ayer, Kollinz, Regilyon (Goddos, 85), Nergor (Onyeka, 63), Yensen (Damsgor, 74), Yanelt, Mope (Vissa, 63), Touni.

“Liverpul”: Kelleher, Bredli (Gomes, 83), van Deyk, Konate, Robertson, Endo, Mak Allister (Elliott, 83), Jons (Gravenberh, 34), Diogu Jota (Saloh, 44), Dias, Nunyes (Gakpo, 46).

Ogohlantirishlar: Regilyon (45), Endo (67), Onyeka (72).

“Byornli” – “Arsenal” 0:5

Gollar: 0:1 – 4 Edegor, 0:2 – 41, Saka, 0:3 – 47 Saka, 0:4 – 66 Trossard, 0:5 – 78 Haverts.

“Byornli”: Trafford, Assinyon, O‘shi, Estev (Teylor, 62), Delkrua, Remzi (Rodrigez, 63), Braunxill, Berge, Amduni (Gudmundsson, 46), Fofana, Odober (Bruun Larsen, 80).

“Arsenal”: Rayya, Uayt (Soaresh, 69), Gabriel, Saliba, Kiver, Edegor, Rays (Jorjinyo, 79), Haverts (Smit-Rou, 84), Trossard (Nketia, 69), Martinelli, Saka (Nelson, 69).

Ogohlantirishlar: Remzi (7), Assinyon (39), Saka (45).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »