Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Koreyada 11 kunlik harbiy manyovrlar boshlandi. AQSH bilan qo‘shma “Ozodlik qalqoni” mashg‘ulotlarining asosiy elementi Shimoliy Koreyadan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yadroviy tahdidga qarshi turishni mashq qilishdan iborat. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: Yonhap

Seul Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Janubiy Koreya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida “Ozodlik qalqoni” deb nomlangan yillik qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar, rejalashtirilganidek, 4-mart kuni boshlangan.

11 kunlik manyovrlar kompyuter simulyatsiyasi bo‘yicha harbiy tayyorgarlik, shuningdek, dala mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi. Bu yilgi mashg‘ulotlarning asosiy elementi, Janubiy Koreyaga ko‘ra, KXDR tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yadroviy tahdidga qarshi mashq qilishdan iborat. 

Seul va Vashington armiyasiga ko‘ra, “Ozodlik qalqoni” mashg‘ulotlari kiber va axborot makonida, shuningdek, koinotda mashq qilish uchun keng ko‘lamli dasturdir. 

“Ozodlik qalqoni-2024” mashg‘ulotlari Pxenyanning 2023-yil noyabrda chegaradagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan Koreyalararo harbiy kelishuvni bekor qilganidan beri birinchisi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »