Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hattoki ajoyib film va serial ijodkorlari ham ba’zan juda talabchan tomoshabinlarda shubha uyg‘otadigan xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Masalan, Rouzning qimmatbaho marjonni okeanga tashlashi kabi sahnalar tomoshabinlar e’tiroziga va ko‘plab savollar tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.

Garri o‘zini xudbinlarcha tutadi

“Garri Potter va hikmatlar toshi” filmida Garri poyezdda sotuvchining kichik aravachasidan shirinliklar sotib oladi va ularni yangi do‘sti Ron bilan baham ko‘radi. Biroq ba’zi muxlislar bu harakatni maqtovga loyiq deb hisoblamaydi. Internet foydalanuvchilarining ta’kidlashicha, u hamma shirinliklarni sotib olgani uchun boshqa bolalarga hech narsa qolmagan va Garri bu yerda xudbinlik qilgan.

Ayrimlarning fikricha, bola aravachadagi barcha shirinliklarni emas, faqat har xil turidan sotib olgan. Shuni unutmaslik kerakki, Garri o‘sha paytda atigi 11 yoshda edi va u birinchi marta o‘z puliga ega bo‘ladi. Yosh sehrli yigitning pulni nimaga sarflashni bilmay qolishi hayratlanarli emas.

Elementlar aralashmaydi

“Elementar” animatsion filmi olamining tuzilishiga ko‘ra, turli elementlar aralashmaydi. Asosiy konflikt shunday qurilganki, qarama-qarshi element bo‘lgan qahramonlar — suv va olov kutilmaganda bir-biriga oshiq bo‘lib qoladi. Lekin tomoshabinlar bir g‘alati detalni e’tibordan chetda qoldirmaydi: ularning dunyosi qanday yaratilgan? Qahramonlar yorib o‘tadigan temir to‘siq qanday ishlab chiqarilgan?

Qahramon Oppengeymerning o‘zidan oldin Oppengeymerdan iqtibos keltiradi

“Indiana Jons va billur boshsuyaklar qirolligi” filmida Keyt Blanshettning personaji fizik olim Robert Oppengeymerning mashhur gapini iqtibos qiladi: “Men ajalga aylandim”.

Tomoshabinlar film voqealari 1957-yilda sodir bo‘lganiga e’tibor bergan holda Oppengeymer ushbu so‘zlarni 1965-yilda aytganini aniqlashgan.

“Qora marvarid”ni chaqirgan la’natlangan medalyon

“Karib dengizi qaroqchilari” filmining birinchi sahnasida Elizabet suvda Uill Ternerni ko‘rib qoladi va uning oltin medalyonini olib qo‘yadi. Yillar o‘tib, Elizabet suvga tushganda, medalyon sirli ravishda “Qora marvarid”ning la’natlangan jamoasini “chaqiradi”.

Biroq bir necha yillar ilgari Uill kema halokatidan omon qolganida medalyon nima uchun kemani chaqirmagani tushunarsiz. “Qora marvarid” jamoasi medalyon yaqinida ekanligini bilishi va uni vayronalar orasidan qidirishlari kerak edi. 

Ona mehri faqat Garri Potternigina qutqarib qoladi

“Garri Potter va ajal tuhfasi” filmidan ma’lum bo‘lishicha, Garri go‘dakligida onasining muhabbati tufayli tirik qolgan. Bu holat kitoblarni o‘qimaganlar uchun ko‘plab savollarni keltirib chiqardi: Volan-de-Mort oldin hech qachon yaqin odamlardan birini o‘ldirganmi? Nega faqat Garri tirik qolgan?

Kitob muxlislari Garri tirik qolishining sababi Severus Sneyp Volan-de-Mortdan Lili Potterga rahm qilishini so‘ragani bilan bog‘liq deb tushuntiradi. Garrining onasiga tanlash huquqi berilgan: tirik qolish yoki o‘lish. Kitobda bu voqea batafsil yoritilgan, ammo filmda tushunarsiz bo‘lib qolgan.

Rouz “Ummon qalbi”ni okeanga tashlaydi

“Titanik” filmida keksa Rouz o‘ziga aziz bo‘lgan qimmatbaho marjonini suvga tashlaydi. U marjonni oilasiga meros sifatida qoldirishi yoki xayriya qilishi mumkin edi, ammo u suvga tashlashni afzal ko‘radi.

Foydalanuvchilardan ba’zilari Rouzning bu harakatini tanqid qiladi: “Buvim “Titanik” filmini aynan shu sababli yoqtirmas edi. Kimdir bu film haqida gapirsa, u doimo Rouz marjonni nevaralariga sovg‘a sifatida berishi kerakligi haqida ta’kidlardi”.

Do‘mboqqina Barbi bor, lekin Ken yo‘q

Kino olamida turli xil Barbilarni topish mumkin, jumladan, qo‘g‘irchoqning to‘ladan kelgan versiyasi ham bor. Bu rolni aktrisa Sheron Runi ijro etgan. Ammo ziyrak tomoshabinlar film nomidan qat’i nazar, semiz Ken yo‘qligiga e’tibor berishgan. Barcha Kenlar — mushakdor sportchilar.

Ayrimlar esa bu filmning Ken bilan yomon munosabatda bo‘lishning yana bir ko‘zga ko‘ringan isboti sifatida qasddan qilingan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi. Filmda Barbi bu — hamma narsa, lekin Ken — shunchaki Ken ekanligi ko‘rsatiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »