Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan viloyati Chortoq tumanida aliment to‘lashdan qochib yurgan erkak uy yerto‘lasidan topildi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. 

Foto: MIB axborot xizmati

Unga ko‘ra, Chortoq tumanida yashovchi fuqaro M.M. turmush o‘rtog‘i bilan ajrashib ketadi. Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, undiruvchi V.N foydasiga 1 nafar farzandi uchun har oyda aliment to‘lash belgilanadi. Mazkur hujjat byuroning Chortoq tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro harakatlari olib borilgan. 

Qarzdor ota tomonidan qarzdorlik 20 million so‘mdan ortgan. Ishlash maqsadida Toshkent shahriga ketgach, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan. 

Xodimlar tomonidan Toshkentdagi xonadon yashash joylari puxta ko‘zdan kechirilganda, yerto‘laga yashirinib olgani aniqlandi. Belgilangan tartib bo‘yicha qidiruvdagi shaxs davlat ijrochisiga topshirildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq tuman sudi tomonidan qarzdor ota tegishli jazoni oldi. Unga nisbatan 15 sutkalik maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »