Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hindistonlik aktrisa Kiara Advani Ranvir Singh bilan “Don-3” filmida suratga tushish uchun shartnoma imzoladi. Biroq muxlislar filmga yuqoridagi aktyorlar tanlanganidan norozi bo‘lmoqda. Chunki mafiyalar boshlig‘i rolini avval Shohrux Xon ijro etgan edi. “Don” ning uchinchi qismida Ranvir Singh bosh rolni o‘ynashi ma’lum bo‘lgach, ko‘pchilik tomoshabinlar bundan mamnun bo‘lmadi.

Foto: Mavink

Ijtimoiy tarmoqda “Don” filmi ijodkorlari tomonidan anons e’lon qilindi. Unda “Don olamiga xush kelibsiz @kiaraaliaadvani #Don3” deya xabar qoldirilib, Kiara Advani franshizadagi Roma roliga qabul qilinganini bildirar edi.

Bu yangilik ko‘pgina foydalanuvchilarga manzur bo‘lmadi. Filmning birinchi va ikkinchi qismlarida Zinat Aman va Priyanka Chopra bosh rolni ijro etgan edi.

Foto: Mavink

Filmga yangi qabul qilingan aktyorlarni qo‘llab-quvvatlagan foydalanuvchilar ham kam emas. Ularning fikricha, hozirgi avlod aktyor va aktrisalari orasida aynan Kiara Advani va Ranvir Singhlar mazkur film uchun eng munosib tanlovdir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »