Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hind ayollari qoshlari o‘rtasiga qo‘yadigan qizil xol bindi deb ataladi. Anʼanalarga ko‘ra, bu diniy qarashlar va ijtimoiy mavqening bir ko‘rinishidir. Bindi sanskrit tilidan “tomchi” yoki “nuqta” deb tarjima qilinadi. Shuningdek, u tilaka yaʼni yuzga tushiriladigan muqaddas belgining bir turi bo‘lishi ham mumkin.

Foto: Midjourney

Xol uchun joy ham shunchaki tanlanmagan. Qizil xol “uchinchi ko‘z” qismida joylashgan deb ishoniladi. Yaʼni yashirin donolik chakrasida joylashgan.

Peshonadagi xol mamlakatdagi muayyan vaziyatga, eʼtiqodga va mahalliylikka bog‘liq bo‘lib, bindi yoki tilaka bo‘lishi mumkin. Tilaka hinduizm izdoshlari tomonidan qo‘llanadi. Odatda kul yoki loy bilan bo‘yaladi, lekin turli xil vositalar ham qo‘llanishi mumkin.

Qizil xol qo‘yishning ko‘plab qoidalari ham mavjud. Anʼanaga ko‘ra, faqat turmushga chiqqan ayollar bindi qo‘ygan, turmushga chiqmagan ayol esa qo‘ymagan, chunki bu erkaklarga yanada chiroyli ko‘rinishga va munosabatlarga tayyor ekanligini ko‘rsatgan. 

Hindistonda nikohga juda jiddiy munosabatda bo‘linadi, shuning uchun odamlar bunga katta ahamiyat beradi va ayolning tashqi ko‘rinishida turmushga chiqqanini har tomonlama aks ettirishga harakat qiladi. Nozik xilqat egalarining yana bir o‘ziga xos xususiyati — sindurdir. U sochdan qoshlar orasigacha tushgan qizil bo‘yoqdir.

Foto: Midjourney

Baʼzi ayollar kurkumadan bo‘lgan bindini ham qo‘yadi, yaʼni sarg‘ish rangli. Bu ikki xil maʼnoga ega. Bunday bindi ayolning beva ekanligini anglatishi mumkin yoki oilaning motam tutayotganini ko‘rsatishi mumkin.

Bolalar va chaqaloqlarning peshonasida ham xol ko‘rishingiz mumkin, lekin qizil emas, qora rangdagisi — bu yomon ko‘zdan himoya qilish uchun qilinadi.

Foto: Midjourney

Qolaversa, nafaqat ayollar, balki erkaklar ham peshonasiga xol qo‘yadi. Hindlarning peshonasidagi xol eʼtiqodning turli yo‘nalishlariga qarab shakli va rangi xilma-xil bo‘ladi.

Hindlar nafaqat peshonalariga xol qo‘yishadi, balki kul va loydan yasalgan chiziqlarni ham qo‘llashadi. Tilaka ularning xudolaridan qay biriga sig‘inishini bildiradi.

Hozirgi vaqtda Hindistondagi ayollarning peshonasidagi xol ko‘proq bo‘yanishning bir qismiga aylanib qoldi. U har doim qizil rangda bo‘lmasligi va rang libosga moslangan bo‘lishi mumkin.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »