Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘tgan asrning 80-yillarida “Mehribonginam”, “Okean”, “Oila”, “Inson va qonun” kabi filmlarda rol ijro etgan kichkintoy Guddu ko‘plab muxlislar yodida qolgani shubhasiz.

Foto: Bollywoodtime
 

U o‘z davrining eng taniqli jajji aktrisalaridan biri edi. Kichkintoy Gudduning asl ismi – Shaxinda Bayg.

Foto: Bollywoodtime
 

Bugun ushbu jajji qizaloqning hayoti qanday kechganligi va u hozirda qanday ko‘rinishda ekanligi qiziq bo‘lsa kerak. Shaxinda 1981-yil unchalik ham mashhur bo‘lmagan rejissor, prodyuser va aktyor M.M.Bayg va uning turmush o‘rtog‘i Mumtazning oilasida dunyoga kelgan.

Foto: Bollywoodtime
 

Yosh aktrisa dastlab televideniye bilan aloqasi bo‘lgan otasi tufayli tish pastasi va alkogolsiz ichimliklar reklamasida qatnashgan. Ajoyib tabbasumga ega qizaloq tomoshabinlarga shunchalar yoqib qolganidan tez orada uning ismi hammaning tilida doston bo‘lgan.

Foto: Bollywoodtime
 

Uning otasi “Ikkinchi xotin” va “Kambag‘alning do‘sti” kabi loyihalarda rejissor yordamchisi sifatida ishlab yurgan kezlari suratga olish maydonchasida kichkintoy Shahindani Rajesh Xanna ko‘rib qoladi. Aynan qizaloq uchun atalgan “Nega bunday bo‘lyapti?” filmini suratga oladi.

Foto: Bollywoodtime
 

1990-yilda Shaxindaning otasi Masoom Gawah filmini suratga olishni boshlaydi, unda Nasriddin Shax, Anita Raj, Prem Chopra, Said Jaffri va kichkintoy Guddu ishtirok etadi.
Ammo film Nasriddin Shax bilan bog‘liq muammolar tufayli to‘xtatiladi. Loyiha esa ekran yuzini ham ko‘rmaydi. Shundan so‘ng Shaxindaning otasi o‘zi singari qiziga ham Bollivudda o‘rin yo‘q, deb o‘ylaydi va uning e’tiborini ko‘proq bilim olishga qaratadi.

Foto: Bollywoodtime
 

Hozirda Shaxinda baxtli oila bekasi va Hindistonga qaytishni rejalashtirmagan, ammo u Bollivudda o‘tkazgan vaqtini hech qachon unutmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »