Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kxushi Kapur — Bollivudning afsonaviy aktrisalaridan biri Shridevi va kino prodyuseri Boni Kapurning qizi, Jahvi Kapurning singlisi. Xo‘sh, u onasi kabi mashhurlikka erisha oladimi?

Foto: Bollywoodtime

Kapurlar oilasining eng yosh o‘sib borayotgan yulduzining hayoti ertakka o‘xshaydi: xorijiy joylar fonidagi selfilar, uzoq Amerikaning beg‘ubor manzaralari, Bollivudning turli tadbirlaridagi zamonaviy chiqishlar, jozibali fotosessiyalar va uning birinchi loyihasi — musiqiy “Archi” filmi atrofidagi shov-shuvlar, bularning barchasi aktrisa hayotining bir qismi.

Foto: Bollywoodtime

Mashhur familiya uning kam budjetli filmlarda ko‘zga ko‘rinmas rollarni ijro etishiga yo‘l qo‘ymasdi, shuning uchun Kxushining kinodagi faoliyati boshqalar singari: Shohrux Xonning qizi Suhana Xon va Amitabh Bachchanning nabirasi Agastya Nanda bilan birga katta shov-shuv bilan boshlanadi.

Foto: Bollywoodtime

U, shuningdek, Amir Xonning o‘g‘li Junayd Xon bilan 2022-yilda tamil tilida suratga olingan “Bugungi sevgi” nomli filmning remeyki ustida ishlamoqda. Aktrisa “Garval miltiqlari” nomli jangovar filmida Mohna Taneja rolida suratga tushadi.

Foto: Bollywoodtime

So‘nggi paytlarda Bollivud ko‘plab mashhur aktyorlarning qizlarini qabul qilmoqda. Tez orada ekranlarda Ravina Tandon, Punam Dhillon, Shohrux Xon, Sanjay Kapurning qizlarini, Ritik Roshan va Salmon Xonning jiyanlarini ko‘rish mumkin.

Foto: Bollywoodtime

Shuningdek, Kxushi Kapur ota-onalari “eng yuqori kinematik jamiyat”ga olib kirgan mashhurlarning farzandlari qatoriga kiradi. Shunga qaramay, tan olish kerakki, Shridevi hech qachon qizlarining aktrisa bo‘lishini xohlamagan.

Foto: Bollywoodtime

Balki u shou-biznesning barcha injiqliklarini o‘z tajribasida boshdan kechirgani, aktyorlik kasbining to‘siqlari va mashaqqatlarini ko‘rgani va qizlarining hayoti kameralar ostida o‘tishini istamagandir.

Foto: Bollywoodtime

Kxushi 2000-yilning 5-noyabr sanasida tug‘ilgan. O‘sha paytda Shridevi 37 yoshda edi. Qizaloq otasining erkatoyi bo‘lib o‘sgan va marhum aktrisa ko‘plab intervyularida kenja qizi kattasidan ko‘ra mustaqilroq ekanligini ta’kidlagan.

Foto: Bollywoodtime

“Menimcha, Janvi menga ko‘proq o‘xshaydi, u mutlaqo itoatkor va mening har bir so‘zimni tinglaydi. Kxushi bolaligidan juda mustaqil bo‘lgan. Uning fe’l-atvori kuchliroq va o‘zini namoyon qilishga ishtiyoqi bor, biroq u o‘z chegarasini biladi”, — degan edi Shridevi.

Foto: Bollywoodtime

“Qizlarim diqqat markazida bo‘lishini istamaganim uchun asabiy va xavotirda edim. Biroq bugungi kunda bu borada hech narsa qila olmaysiz. Biz tom ma’noda hamma joyda suratga tushamiz. Vaqt o‘tishi bilan biz bu holat bilan yashashni o‘rgandik, ular esa bunga dosh berishni o‘rgandi”, — degan edi marhum aktrisa.

Foto: Bollywoodtime

Shridevi to‘satdan bu dunyoni tark etganida, Kxushi endigina 17 yoshga kirgan edi. Hind kinosining ko‘plab muxlislari aktrisaning qizlari haqiqatan ham uning o‘limiga qayg‘urmaganiga amin bo‘lgan. Dafn marosimidan ikki hafta o‘tgach, Janhvining tug‘ilgan kuni tabassum bilan nishonlandi.

Foto: Bollywoodtime

Aktrisaning qizlari qanday og‘riqni boshdan kechirganini hech kim bilmaydi, biroq ular onasi bu dunyoni tark etganidan keyin bo‘shashib qolishgani haqiqat. Bolaligi va yoshligida xunuk o‘rdakcha hisoblangan Kxushi jarrohlar va kosmetologlar yordamida go‘zal qizga aylandi.

Foto: Bollywoodtime

Aytishlaricha, Kxushi mashhurlar oilasida tug‘ilganidan baxtiyor edi, biroq, u buning aksini isbotladi. U Bollivudda debyut qilish uchun Karan Johardan foydalanmadi. Aktrisa yakkaxon loyihani tanlamadi, biroq u boshqa mashhurlarning farzandlari bilan birga bir filmda suratga tushishga qaror qildi.

Foto: Bollywoodtime

“Archi” filmining targ‘iboti paytida Kxushi tanqidlarga uchradi, chunki loyihada uning Suhanaga raqs borasida yutqazayotgani aniq ko‘ringan. Biroq Kxushi tanqidiy gaplarga umuman parvo qilmaydi.

Foto: Bollywoodtime

Boshqa tomondan, Kxushining kino sanoatdagi birinchi qadamlari muvaffaqiyatsiz bo‘lsa ham, u hali ham filmlarda suratga tushishda davom etmoqda, chunki uning onasi, Bollivudning afsonaviy aktrisasi Shridevi muvaffaqiyat yo‘lini uzoq vaqt davomida bosib o‘tgan.

Foto: Bollywoodtime

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »