Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bollivudning mashhur aktyorlari nafaqat ko‘rinishi va mahorati bilan, balki nufuzli oilaga kuyov bo‘lgani uchun ham taniqli. Ularning ayrimlari mashhur yulduzlarga kuyov bo‘lgan.

Rajesh Khannaning kuyovi − Akshay Kumar

Foto: Bollywoodtime

Aktyor Akshay Kumar Rajesh Khanna va Dimpl Kapadiyaning qizi Tvinkl Khanna bilan turmush qurgan.

Foto: Bollywoodtime

 

Juftlik 2001-yil 17-yanvarda oila qurgan. Ularning Aarav ismli o‘g‘li, Nitara ismli qizi bor.  “Qarang, taqdirimga nimalar yozilgan ekan? Men kumirimning qiziga uylandim”, — degan edi aktyor intervyulardan birida.

Bachchan oilasining kuyovi − Kunal Kapur

Foto: Bollywoodtime

 

“Za’faron rangi” filmidan tanish bo‘lgan Kunal Kapur Amitabh Bachchanning jiyani Naina Bachchanga uylandi. Qizig‘i shundaki, juftlikni Amitabhning qizi Shveta Bachchan tanishtirib qo‘ygan. Kunal va Naina to‘ydan oldin taxminan 3 yil uchrashib yurgan.

Tanujaning kuyovi − Ajay Devgan

Foto: Bollywoodtime

“Qarama-qarshiliklar tortishadi” iborasi aynan Ajay Devgan va Kajol juftligi haqida. Ajay Devgan tabiatan og‘ir, bosiq va uyatchan bo‘lib, Kajolni kinoga suratga tushish paytida sevib qolgan. 4 yillik munosabatdan so‘ng ikki yosh 1999-yil 24-fevralda turmush qurdi. Biroq Ajay hech qachon Kajolga bo‘lgan muhabbatini ochiqchasiga bildirmagan. Uning aytishiga ko‘ra, ular hech qachon bir-biriga “Sizni sevaman” deb aytmagan, turmush qurish taklifi ham bo‘lmagan, chunki oila haqida gaplashishmagan. Ammo shunday bo‘lishi muqarrar bo‘lgan.

Randhir Kapurning kuyovi – Saif Ali Xon

Foto: Bollywoodtime

 

Aktyor 13 yillik turmush o‘rtog‘i Amrita Singh bilan ajrashganidan so‘ng italiyalik model Roza Katalano bilan uchrashib yurdi. Karina Kapur esa Shahid Kapur bilan yaqin edi. 2008-yil suratga olingan “Umidsiz” filmi jarayonida Saif va Karina bir-biriga ko‘ngil qo‘ydi va oradan 5 yil o‘tib oila qurdi. Ularning Taymur va Jeh ismli o‘g‘illari bor.

Sunil Datt va Nargisning kuyovi – Kumar Gaurav

Foto: Bollywoodtime

Rajendra Kumarning o‘g‘li Kumar Gaurav Sunil Datt va Nargisning qizi Namrata Dattga uylangan.

Foto: Bollywoodtime

Garchi u Raj Kapurning kuyovi bo‘lishi mumkin bo‘lsa ham. Sababi Rajendra Kumar va Raj Kapur juda qalin do‘st bo‘lgan, ular farzandlari Raj va Rimani unashtirib qo‘ygan edi. Lekin yoshlar unashtiruvni buzdi va Kuma Gaurav Namrata bilan oila qurdi, ularning Sachi va Siya ismli qizlari bor.

Sanjay Xonning kuyovi − Ritik Roshan

Foto: Bollywoodtime

 

Ritik Roshan Sanjay Xonning qizi Syuzannaga oshiq bo‘lgan. Bollivud aktyori Zayd Xonning singlisi Syuzanna bilan Ritik Roshan 2000-yilda turmush qurdi. Oradan 14 yil o‘tib, ular ajrashishga qaror qildi. Lekin juftlik ajrashgandan keyin ham do‘st bo‘lib qoldi.

Dharmendraning kuyovi – Vaybhav Vohra

Foto: Bollywoodtime

Taniqli aktyor Dharmendra va Hema Malinining qizi Ahane Deol bilan Vaybhav Vohra oila qurdi.

Foto: Bollywoodtime

Kuyov panjob oilasiga mansub va Continental Carries Pvt Ltd kompaniyasining direktori. Ularning nikoh to‘yi 2014-yil 2-fevralda bo‘lib o‘tdi. Ular hozir Dariyen ismli o‘g‘lini tarbiyalamoqda.

Dharmendra va Hema Malinining yana bir kuyovi – Bharat Tahtani

Foto: Bollywoodtime

Mumbaylik tadbirkor Bharat Tahtani Hema Malini va Dharmendraning katta qizi Eshe Deolga uylangan. Ular 2012-yil 29-dekabrda turmush qurgan va ikki nafar farzandi bor.

Prem Chopraning kuyovi – Sharman Joshi

Foto: Bollywoodtime

Sharman Joshi taniqli aktyor Prem Chopraning kuyovi.

Prem Chopra
Foto: Bollywoodtime

U kollejda o‘qiyotgan paytdayoq Prerna Chopra bilan uchrashib yurgan va juftlikning nikoh to‘yi 2000-yil bo‘lib o‘tdi. Hozirda ularning Hyana ismli qizi hamda Varyan va Vihana ismli egizak o‘g‘illari bor.

Rishi Kapur va Nitu Singhning kuyovi – Bharat Sahni

Foto: Bollywoodtime

Dehlilik tadbirkor Bharat Sahni Rishi Kapur va Nitu Singhning qizi Riddhima Kapurga uylangan.

Foto: Bollywoodtime

Ular 2006-yil 25-yanvarda oila qurgan. Juftlikning Samara ismli qizi bor.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »