Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Asosiy faoliyatidan tashqari har bir insonning boshqa sohaga qiziqishlari, turli xobbi va sevimli mashg‘uloti bo‘ladi. Bugun Bollivud aktyor va aktrisalarining bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi haqida ma’lumot beramiz.

  1. Salmon Xon — rassomchilik
Foto: Dzen

Jangari filmlar qahramoni real hayotda rasm chizishni yaxshi ko‘radi, degan fikr hech kimning xayoliga kelmasa kerak! Darhaqiqat, Salmon Xon bir necha bor o‘z rasmlari ko‘rgazmasini tashkil qilgan. Uning asarlari katta pulga sotilgan va yig‘ilgan mablag‘ saraton va psixiatrik kasalliklarga chalingan bolalar uchun xayriya qilingan.

  1. Amitabh Bachchan — she’riyat
Foto: Dzen

Hind kinosining tirik afsonasi Amitabh Bachchan o‘z otasi kabi she’riyatga qiziqadi. Uning otasi Xarivanshray Bachchan yozuvchi va shoir bo‘lgan.

  1. Kangana Ranaut — pazandalik
Foto: Dzen

“Umidingni yo‘qotma”, “Varraklar”, “Simran” filmlarida mashhurlikka erishgan, Hindiston moda olamining yulduzi Kangana Ranaut oilasi va yaqinlari uchun turli taomlar pishirishni juda yaxshi ko‘radi.

  1. Shahid Kapur – DJ’lik san’ati
Foto: Dzen

Shahid Kapur tabiatan jismonan o‘ta faol aktyor bo‘lishiga qaramay u ziyofatlarda DJ’lik qilishga va soatlab raqs tushishga doim vaqt topadi.

  1. Akshay Kumar — jang san’ati
Foto: Dzen

Akshay Kumarni hindistonlik Jeki Chan deb ham atashadi. Aktyor bo‘sh vaqtida “tay-chi” bilan shug‘ullanadi.

  1. Ritik Roshan — tasvirchilik
Foto: Dzen

Bollivud yulduzining turli sohada qiziqishlari ko‘p bo‘lsa-da, aynan fotoapparatda rasmga tushirishdek zavqni hech qaysi mashg‘ulot bera olmas ekan.

  1. Aliya Bhatt — ko‘mir bilan eskizlar chizish
Foto: Dzen

Aliya aktrisalik, qo‘shiq kuylash va raqs san’atidan tashqari ko‘mir yordamida turli chizmalar chizishga qiziqadi.

  1. Dia Mirza ­— keramika
Foto: Dzen

Yana bir Bollivudning yorqin aktrisasi ajoyib san’at turi — keramika bilan shug‘ullanadi.

  1. Amir Xon — baraban chalish
Foto: Dzen

Amir Xon urma va zarbli cholg‘u asboblaridan baraban bilan kuy chalishni yoqtiradi.

  1. Priyanka Chopra ­— qo’shiqchilik
Foto: Dzen

Maftunkor aktrisa Priyanka Chopra vokal va qo‘shiqchilik bo‘yicha yaxshi ta’lim olgan va aktrisalik bilan birga estrada yo‘nalishida ham o‘zini yorqin namoyon etmoqda. Priyanka turli qo‘shiqlariga kliplar olib, hatto konsert ham bergan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »