Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ommaviy axborot vositalari va jurnalistika haqidagi filmlar ko‘pchilikning e’tiborini tortishi shubhasiz. Bollivudni esa OAVsiz tasavvur etish qiyin. Bugun jurnalist rolini professional tarzda ijro etib bergan hind aktyorlari haqida so‘zlashamiz.

Karina Kapur

Foto: Imageban

“Haqiqat uchun kurash” – Ambikapur tumanida poraxo‘r amaldorlarning adolatsizligiga qarshi noroziliklar qanday qilib muvaffaqiyatga olib kelgani haqidagi siyosiy drama. Filmda Karina Kapur shaxsiyatida kuchli mafkuraga ega, tajribali siyosiy jurnalist rolini o‘ynadi. Mazkur film qahramoniga hayotda insonparvarlik haqidagi reportajlari bilan mashhur bo‘lgan CNN muxbiri Kristian Amanpur prototip qilib olingan.

Navazuddin Siddiqiy

Foto: Dzen

Aktyorning o‘ynagan eng sevimli rollaridan biri “Bajrangi og‘a” filmidagi Chand Navobdir. Film videosi internetda shov-shuv bo‘lib ketgan pokistonlik jurnalistning haqiqiy hayotiga asoslangan edi. Unda suratga tushishdan avval aktyor asar mohiyatini tushunish va personajni yaxshiroq ifodalash uchun pokistonlik va hindistonlik jurnalistlarning ko‘plab reportajlarini tomosha qilgan. Natijada kinoasar millionlab tomoshabinlar qalbini zabt etgan.

Anushka Sharma

Foto: Dzen

Aktrisa “Pikey” fantastik komediyasida telejurnalist Janani Jagat rolini ijro etgan. Televideniye uchun ma’lumot izlayotgan payt jurnalist g‘ayrioddiy odamga duch keladi va uni o‘z telekanaliga olib chiqadi. Film yakunida ushbu o‘zga sayyoralik odamni uyga qaytishiga yordam beradi.

Rani Mukerji

Foto: Kinopoisk

Bollivudning iqtidorli aktrisalaridan biri Rani Mukerji “Jessikani hech kim o‘ldirmagan” filmida jurnalist surishtiruvini olib borgan mutaxassis rolini o‘ynagan. Film qahramoni yordami bilan yosh ayolning joniga qasd qilish ishi qayta ko‘rib chiqiladi va haqiqat g‘alaba qozonadi.

Priti Zinta

Foto: News18

“Maqsad” (2004) filmida maftunkor Priti Zinta jangovar sharoitlarda ham o‘z ishini bajarishdan qo‘rqmaydigan aqlli va qo‘rqmas jurnalist Romila Dutta rolini ijro etgan. Film qahramoni kelajakda jurnalistika sohasida ishlamoqchi bo‘lgan yoshlar uchun katta motivatsiya beradi.

Nargiz Fahri

Foto: Mavink

Rejissor Shudjit Sirkarning “Madras kafesi” filmida aktrisa britaniyalik harbiy muxbir rolini ijro etadi. Jurnalist bosh vazirga suiqasd uyushtirish rejasini fosh etishda harbiylarga yordam beradi. Film ko‘plab kinotanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »