Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidentligiga nomzod Nikki Heyli 3-mart, yakshanba kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Respublikachilar partiyasining saylovlarida g‘alaba qozondi. Janubiy Karolinaning sobiq gubernatori va AQSHning BMTdagi sobiq doimiy vakili 62,9 foiz, uning raqibi AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp esa 33,2 foiz ovoz yig‘di. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: Reuters

Heylining saylovoldi tashviqoti vakili Oliviya Peres-Kubas natijalarni hayratlanarli emasligini, poytaxtdagi respublikachilar Donald Trampni va uning barcha tartibsizliklarini rad etishini aytgan. Shu bilan birga, Heyli AQSH tarixidagi respublikachilar praymerizlarida g‘alaba qozongan birinchi ayol bo‘lganligini ta’kidladi Peres-Kubas.

Vashingtondagi mag‘lubiyatidan bir kun oldin Tramp birdaniga AQSHning uchta shtatida - Missuri, Michigan va Aydaxodagi saylovlarda g‘alaba qozongan edi.

AQSH saylov kampaniyasidagi navbatdagi “Super seshanba” tadbiri 5-mart kuni bir vaqtning o‘zida AQSHning 15 shtati va bitta orol hududida bo‘lib o‘tadi. “Super seshanba” natijalari Heyli va Tramp o‘rtasidagi qarama-qarshilikda hal qiluvchi bo‘lishi mumkin – agar sobiq prezident ushbu tadbirlarda yagona raqibini mag‘lub etsa, 20-martgacha u respublikachilar ovozi uchun kurashda to‘liq g‘alaba qozonganini eʼlon qilishi mumkin bo‘ladi.

Trampning 2021-yil boshida Kapitoliyga bostirib kirishi bilan bog‘liq ayblovlar sababli AQSHning Kolorado, Men va Illinoys shtatlarida uni praymerizlardan chetlashtirish masalasi ochiqligicha qolmoqda. Men va Illinoys shtatlarida praymerizlar “Super seshanba”da, Illinoysda esa 19-mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »