Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kiyev qo‘shinlari Ukraina sharqidagi frontda zaharli kimyoviy moddalardan foydalanmoqda. Bu haqda 4-mart kuni Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Kirill Lisogorskiy “TASS” nashriga maʼlum qildi.

Foto: Thirstymag

“Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya razvedka idoralari bilan birgalikda ukrainalik jangchilar tomonidan maxsus harbiy operatsiya zonasida bizning harbiy xizmatchilarimizga qarshi kimyoviy moddalar qo‘llangani bilan bog‘liq holatlarni bir necha bor qayd etdi. Vazirlik ham bu borada batafsil hisobotlarni taqdim etgan. Birinchi holat 2023-yil sentyabr oyida Zaporojye viloyatida kimyoviy jangovar vositadan terroristik maqsadlarda foydalanilganda kuzatildi. Biz dalillarni ko‘paytirishga urinyapmiz. Agar zarur bo‘lsa, ushbu dalillar KXSHT kotibiyatiga va boshqa tashkilotlarga ham so‘zsiz taqdim etiladi”, — degan Rossiya rasmiysi.

Xabarda aytilishicha, Ukraina armiyasi yollagan erkak Melitopol shahrida ommaviy qotillik sodir etish uchun kimyoviy quroldan foydalanishni rejalashtirgan. Xavfsizlik xizmati teraktning oldini olgan.

“Bunday xatti-harakatlar jiddiy oqibatlarga olib kelishi aniq. Shuni taʼkidlashni istardimki, Rossiyaning xalqaro hamjamiyatni hodisa haqida xabardor qilish va bu maʼlumotlarni oshkora eʼlon qilish choralari orqali bir qator fojialarning oldi olindi”, — deya qo‘shimcha qilgan Lisogorskiy .

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »