Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Komissiyasi Amerikaning Apple Inc kompaniyasini 1,8 milliard yevrodan ortiq jarimaga tortdi. Kompaniya iPhone va iPad uchun musiqa striming xizmatlari bozoridagi hukmron mavqeini suiiste’mol qilgan deb topildi. Bu haqida Yevropa Komissiyasi press-relizida ma’lum qilindi.

Regulyator Apple kompaniyasi Yevropa Ittifoqining monopoliyaga qarshi qonunlarini buzgan deb hisoblamoqda. Apple o‘n yil davomida boshqa ilovalarni ishlab chiquvchilarga App Store do‘konidan tashqarida arzonroq musiqa obunasi xizmatlari borligi haqida foydalanuvchilarni xabardor qilishga imkon bermagan.

Foto: Google Images

2019-yilda Spotify shikoyat yuborganidan so‘ng, Yevropa Komissiyasi Apple kompaniyasini tekshirdi.

Fevral oyida Financial Times nashri manbalarga tayanib, regulyator Apple’ni taxminan 500 million yevro jarimaga tortishi haqida xabar bergan edi.

Dushanba kuni Apple aksiyalari bozordan oldingi savdolarda 1,1 foizga arzonlashdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »