Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turk dramalari dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlar qalbidan joy oldi. Ayniqsa, mashhur “Qo‘rg‘on sirlari”, “Qalbim eshigini qoq”, “Muhtasham yuz yil” har bir xonadonga kirib bordi. Biroq turk teleloyihalari dengizida hali ham ko‘plab marvaridlar mavjud.

“Meni yashir”

Noz va Mete boy oila merosxo‘rlari bo‘lib, xohlagan narsalariga erishishga o‘rganib qolgan. Juftlik ota-onalari quvonchi uchun tez orada hashamatli to‘y qilishmoqchi. Ularning turmush qurishini bolalikdan orzu qilishgan. Faqat Mete chet eldan qaytishini kutish qolgan, xolos. Biroq ularning baxtli ertaklari Mete Injilani uchratishi bilanoq barbod bo‘ladi. Yigit yoqimtoy qizga ko‘zi tushishi bilan oshiq bo‘lib qoladi, bu qiz qaylig‘ining yaqin dugonasi va yordamchisi ekanligini bilmaydi.

Voqea faqat sevgi uchburchagi bilan cheklanib qolmaydi. Qahramonlarni oldinda jiddiy muammolar va sarguzashtlar kutmoqda. Bosh rollarda: Uraz Kaygilarog‘lu, Asude Kelebek va Jemre Baysel.

Mehribonlik”

Bir qarashda Neslixanning hayotiga faqat havas qilish mumkin. U shaxsiy kompaniyasini boshqaradi, yonida sevimli bolalari va eri bor. Ammo bir kuni qahramon achchiq haqiqatni bilib qoladi. Bir necha yillardan beri eri Murat va eng yaqin dugonasi unga xiyonat qilayotgan ekan. G‘azablangan ayol mehribonligidan foydalangan xiyonatkorlardan o‘ch olishga qaror qiladi. Neslixan rolini go‘zallik musobaqalarining ishtirokchisi va “Buyuk Saljuqlar” dramasi yulduzi Xatiche Shendil ijro etgan.

“Hukmdor Usmon”

Turk kino ijodkorlari, ayniqsa, tarixiy loyihalarni a’lo darajada yaratishda muvaffaqiyatga erishgan. Shu sababli “Hukmdor Usmon” serialini ko‘rish qat’iy tavsiya etiladi. Filmda tarixiy dekoratsiyalar, yirik jang sahnalari va, albatta, intrigalar mavjud. Usmon obrazida — Burak O‘zchivit.

Loyiha “Ertug‘rul”da boshlangan hikoyani davom ettiradi. Tomoshabinlar ulkan Usmonli imperiyasi qanday paydo bo‘lganini ko‘radilar. Aytgancha, suratga olish jamoasi yangi qismlar ustida ishlashda davom etmoqda. Yangi mavsum kelgusi kuzda chiqadi.

“Sapfir”

Yaman Ferayaning qo‘lini so‘ramoqchi, u buni bolalikdan orzu qilgan. Ammo oshiqlarning rejalari birdaniga o‘zgarib ketadi. Quvonch keltirishi kerak bo‘lgan kechada dahshatli fojia sodir bo‘ladi. Vaziyat shungacha yetib boradiki, Yaman oxir-oqibat sevgilisining o‘gay singlisi bilan turmush qurishga majbur bo‘ladi. Feraya yigitning xiyonatidan eziladi. Tez orada taqdir uni kelishgan va boy yigit Atesh bilan uchrashtiradi. Ammo qiz Atesh Yamanning akasi ekanligini bilmaydi.

Serial tomoshabinlarni faqat syujetning murakkabligi bilan emas, balki maftunkor lokatsiyalar bilan ham xursand qiladi. Loyiha Turkiyaning eng go‘zal hududi — Kappadokiyada suratga olingan.

“Yovvoyi”

Yaman Ali boy oilada tug‘ilgan. Lekin bolakay to‘rt yoshligida o‘g‘irlab ketiladi va Istanbul ko‘chalarida uysizlar orasida hayot kechirishga majbur bo‘ladi. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, Yaman oqko‘ngil yigit bo‘lib ulg‘ayadi. Bir kun taqdir uni boy qiz Ruya bilan uchrashtiradi. Bu kutilmagan uchrashuv qahramonni avvalgi uyiga qaytaradi...

“Yovvoyi” yuqori reytinglarga va dunyo jamoatchiligining e’tiroflariga sazovor bo‘lgan loyiha. Ko‘plar filmni qiziqarli syujeti uchun maqtashadi. Shuningdek, aktyorlar tarkibida “Ertug‘rul” yulduzi Xalit O‘zgur Sarı va “Zolim Istanbul”dagi Simay Barlas bor. Ijodkorlar yangi mavsumda Nur Fettahog‘lu paydo bo‘lishini va’da qilmoqda — u “Muhtasham yuz yil” serialida Mohidavron sulton roli bilan tomoshabinlarga tanish.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »