Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Frank Lebyof Ronalduning Fransiya Liga 1 musobaqasi haqidagi fikrlarini keskin tanqid qildi.

Foto: Getty Images

Portugaliyalik futbolchi hozirgi kunda Saudiya chempionati Fransiya chempionatidan anchagina yaxshiroq degan xulosani bergan edi.

“Men Ronalduning Saudiya Professional Ligasi Fransiya chempionatidan kuchliroq degan gapini eshitganimda qattiq jahlim chiqdi. Nima deb o‘ylaysiz, nega u Portugaliya chempionati haqida emas, aynan Liga 1 haqida bu fikrni aytib o‘tdi? Sababi, Messi Fransiya chempionatida o‘ynagan. Men Ronalduni futbolchi sifatida hurmat qilaman. Lekin unga shunday demoqchiman — Shunchaki, ovozingni o‘chir!” — deydi Lebyof.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Saudiya Arabistonining “An-Nassr” jamoasida 2023-yildan beri o‘ynab kelmoqda.

Osiyo Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan “Al-Ayn” va “An-Nassr” o‘rtasidagi uchrashuvda Ronaldu va uning jamoasi kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 12-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »