Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Erling Braut Holand 2000-yil 21-iyul sanasida Angliyaning Lids shahrida dunyoga keldi. U oilasining uchinchi farzandi hisoblanadi.

Foto: Championat

Uning otasi “Lids” jamoasi sharafini himoya qilgan. Ba’zi bolalik rasmlarida Erling “Manchester Siti” kiyimida paydo bo‘ladi. Sababi otasi bir muddat “shaharliklar” safida ham harakat qilgan. Erling Holandning otasi Alf-Inge uchun eng esda qoladigan o‘yin bu Roy Kinga qarshi uchrashuv bo‘lgan. O‘shanda Alf-Inge oyog‘idan jarohat olgan va faoliyatini muddatidan oldin tugatishga majbur bo‘lgan.

Aynan shundan so‘ng Holandlar oilasi Angliyani tark etadi. O‘sha kundan beri oila a’zolari uchun “Manchester Yunayted” uchrashuvlarini tomosha qilish mumkin emas. Hattoki, Roy Kin ekspertlik qiladigan ko‘rsatuv tasvirlari paydo bo‘lishi bilan kanal o‘zgartiriladi.

Foto: Championat

Holandlar oilasi Norvegiyaning Bryune shahriga ko‘chib kelishganida, Holand uch yoshda edi. Futbolchining bolaligi aynan shu shaharda o‘tgan. Holand xushchaqchaq va quvvatga to‘la bo‘lgan. U doim do‘stlari bilan futbol o‘ynashni sevgan. Bundan tashqari futbolchi golf, yengil atletika va qo‘l to‘pi kabi boshqa sport turlariga ham qiziqqan.

Norvegiyalik sportchi oila a’zolarining barchasi sportni sevadi. Otasining futbolchi bo‘lgani haqida ko‘pchilik biladi, Erlingning onasi yetti kurash sporti bilan shug‘ullangan.

Alf-Ingening asosiy maqsadi o‘g‘lini o‘zidan yaxshiroq sportchi qilish bo‘lgan. Erling 5 yoshga to‘lganida uning otasi “Bryune” akademiyasiga bergan. U yerda Holand sport bilimlarini o‘rgangan. U futboldan tashqari boshqa sport turlarida ham ajralib turgan. Masalan, u 5 yoshida uzunlikka sakrash bo‘yicha o‘z yoshidagilar toifasida jahon rekordini o‘rnatgan. Holandning natijasi — 1,63 metr.

Holand akademiyada o‘z o‘rnini topdi va jamoadoshlarini g‘alabalarga undadi. U mashg‘ulotlarda ko‘p tabassum qildi, lekin shu bilan birga u ko‘p mehnat qilardi shuning hisobiga ko‘p gol urardi.

Erlingning bolaligida bo‘yi past bo‘lgan degan fikrlar bor, lekin aslida unday emas. O‘sish bilan bog‘liq muammolar o‘smirlik davrida boshlangan.

Uning jamoadoshlari bo‘ylari o‘sdi, ammo qahramonimiz o‘z o‘rnida qoldi. O‘sha paytda Holand “Molde” klubida edi. Klub unga bu muammoni yengishda yordam berishga qaror qildi va futbolchiga oshpaz biriktirildi. Hech qanday maxsus sir yo‘q, Erling shunchaki ko‘proq ovqatlana boshladi. Hatto, ovqatlarni uyiga ham olib ketdi.

Keyingi ikki yil ichida Erling 8 smga o‘sdi, bu uning uchun keragidan ham ortiq edi. Uzun bo‘yli norvegiyalik yanada qiyin vaziyatga duch keldi — endi u yangi tanasini nazorat qila olishi kerak edi, ammo bu yerda ham unga klub mutasaddilari yordamga keldi. Klub fitnes murabbiyi maydonda raqobatlasha olishi uchun Holand bilan individual mashg‘ulotlar olib bordi.

G‘ayrioddiy mashg‘ulotlardan biri o‘tin kesish edi. Ha, bu oddiy yog‘ochni kesish mashqi, ammo u sizning qo‘llaringizni va belingizni chiniqtiradi, hattoki yurak uchun ham foydali hisoblanadi. Bu odat hozirgacha saqlanib qolgan — u otasi bilan haligacha uyga o‘tin tayyorlaydi.

Foto: Championat

Shundan so‘ng futbolchida hammasi joyiga tusha boshladi — gollar, muvaffaqiyatli transferlar, antiqa rekordlar. Aytgancha, yaqinda norvegiyalik futbolchi tez orada terma jamoasini o‘zgartirishi mumkinligi haqida xabar paydo bo‘ldi.

Yaqin vaqtgacha Erling ziyofatlar “qiroli” hisoblanardi, u tungi klublarga borishni va qimmatbaho kiyimlarga pul sarflashni yaxshi ko‘rardi, lekin yigitni bunday turmush tarzidan nima to‘xtata oldi?

Dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri hozirda Izabel Yohansson bilan birga. Izabel Brune shahridan, ular bir-birini uzoq vaqtdan beri biladi. Aynan unga bo‘lgan muhabbat, Erlingni nosog‘lom odatlarni kamaytirishiga sabab bo‘ldi.

Foto: Futbalium
Foto: Futbalium

“Manchester Yunayted” bilan o‘yindagi goli Holandning otasini xursand qilgan bo‘lsa ne ajab.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »