Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyaning Izmir shahridagi boshlang‘ich maktabda Tombi laqabli mushuk muntazam ravishda darslarga qatnashadi va bolalarga o‘qishda yordam beradi, deb yozadi “Korrespondent” nashri.

Foto: “Korrespondent”

Avvaliga Tombi maktab bog‘ida bolalar bilan o‘ynar edi, bir necha hafta o‘tgach mushuk 3-sinf o‘quvchilari darslarida qatnasha boshladi. Sinf rahbari O‘zlem Pinar mushuk bolalar o‘qishiga xalaqit berishidan xavotir olgandi, lekin buning aksi bo‘lib chiqdi — Tombi tufayli bolalar darslarga ko‘proq ishtiyoq bilan qatnasha boshladi. Hatto ba’zi o‘quvchilar mushukka g‘amxo‘rlik qilish uchun darsga barvaqt kelar edi.

Foto: Korrespondent

O‘qituvchi O‘zlem bolalar xavfsizligi uchun mushukni emlatdi, biroq ota-onalardan biri bunday holatga qarshi chiqdi. Tombi bolalar sog‘lig‘iga xavf solishi mumkin deya mushukni maktabdan haydab chiqarishni talab qilishdi.

Foto: Korrespondent

O‘zlem Tombi uchun yangi egalar topdi, ammo u boshqa uyda uch kundan ortiq yashay olmadi. O‘qituvchi mushukni o‘z xonadoniga olib kelganda ham hayvon bezovta bo‘laverdi. Shunda O‘zlem Tombi haqidagi hikoyani ijtimoiy tarmoqda ulashdi:

“Ushbu voqea omma e’tiborini tortdi va hatto televideniyega olib chiqildi. Bunda meni ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlaganidan mamnunman”, — dedi u.
Foto: Korrespondent

Natijada mushukning sinfda bo‘lishiga qarshi chiqqan ota-ona ham fikrini o‘zgartirdi va Tombi maktabga qaytdi.

“Tombi sinfga qaytganidan bolalar ham, mushuk ham birdek baxtiyor edi”, — deb qo‘shimcha qildi o‘qituvchi.
Foto: Korrespondent

O‘zlem Pinarning o‘zi esa mushuk haqida “Shanliurfadagi Tombi” nomli kitobini yozdi. Asar 2018-yilda chop etildi va O‘zlem bolalar yozuvchisi faoliyatining boshlanishiga turtki bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »