Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iroqdagi “Islomiy qarshilik harakati” guruhi Isroil shimolidagi aeroportga harbiy dronlar hujumini uyushtirdi. Hujum oqibatida aeroport jiddiy shikastlangan. Bu haqda Tasnim agentligi xabar berdi.

Foto: Middle East Monitor

Iroqdagi guruhlar 5-mart kuni G‘azodagi Falastin xalqi bilan birdamligini bildirish uchun Livan bilan chegaradagi Kiryat Shmona aeroportini nishon olgan. Guruh bu hujum G‘azoda ayollar va bolalar qirg‘in qilishiga javoban amalga oshirilganini bildirgan.

Iroqdagi qarshilik guruhlari so‘nggi bir necha oyda Isroil hududiga ko‘plab havo hujumlari uyushtirgan. So‘nggi hujum Isroilning Hayfa kimyoviy ishlab chiqarish birlashmasi hududida sodir etilgan edi. Guruhlar rahbariyati hujumlar ssenariysi davom etishini ham qo‘shimcha qilgan.

Xabarda aytilishicha, qarshilik guruhi Vashingtonning Isroil harbiy kampaniyasini asossiz qo‘llab-quvvatlaganidan norozi holda Suriya va Iroqdagi AQSH yirik harbiy bazalariga ham zarbalar berganini daʼvo qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »