Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

7-mart kuni Isroil harbiylari okkupatsiya qilingan G‘arbiy Sohil hududida reyd o‘tkazib, 40 nafar falastinlikni hibsga olgan. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Foto: Anadolu

Xabarda aytilishicha, hibsga olinganlar orasida to‘rt nafar ayol va bir nafar jurnalist ham bor. Hibsga olinganlarning ko‘pchiligi Ramalloh, Tulkarm, Nablus, Jenin va Qalqilya shaharlarida istiqomat qilgan.

Falastin arab nashrlari bergan maʼlumotlarga ko‘ra, 2023-yilning 7-oktyabridan beri G‘arbiy Sohilda Isroil kuchlari tomonidan hibsga olingan falastinliklar soni 7490 nafarga yetgan. So‘nggi haftada hibsga olish holatlari bir necha marotaba ko‘paygan.

Harbiy amaliyotlar davom etayotgan G‘azodan farqli ravishda, hozirda G‘arbiy Sohil nisbatan ancha tinch. Ammo bu hududda Isroil harbiylari doimiy reydlar o‘tkazib, tinch aholini hibsga olib kelishi aytiladi. Oktyabrda HAMAS va Isroil urushi boshlangandan beri Falastinning asosiy qismida ham urushga qarshi norozilik harakatlari faollashgan. Bu harakatlarni bostirishga urinishlar oqibatida Tel-Aviv kuchlari Quddus atroflarida 420 nafar fuqaroni otib yoki kaltaklab o‘ldirgan. 4 600 nafardan ortiq kishi yaralanib, kasalxonaga tushgani xabar qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »