Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Lego konstruktorlari dunyodagi eng mashhur o‘yinchoqlardan biridir. Legoni bolalar bir necha soat o‘ynashi, turli g‘oyalarni amalga oshirishi mumkin, ushbu o‘yinchoqqa hatto kattalar ham qiziqish bildiradi.

Lego muxlislari tomonidan esa yangi kashfiyotlar qilish davom etmoqda. Ulardan biri Norders ismli foydalanuvchi konstruktordan haqiqiy proyektor yasadi.

Foto: Europaplus
Televideniye va harakatlanuvchi suratlar ixtiro qilinishidan avval Gollandiyalik olim sehrli mashina — tasvirlar o‘zgarib turadigan uskuna ishlab chiqqan edi. XVII asrda yaratilgan ushbu kashfiyot tomoshabinlarni hayratda qoldirib, Laterna Magica (Sehrli fonar) nomi bilan tanildi. Bu davr kino sanoati taraqqiyotiga muhim ahamiyatga ega, — deya ilhom manbai bilan o‘rtoqlashdi Norders.
Foto: Bonhams

Lego proyektor ham xuddi shu prinsip asosida ishlaydi. Linzalar va ko‘zgu yordamida yorug‘lik yarim-shaffof plastinadan o‘tadi va tasvir hosil bo‘ladi. Ammo proyektorning ushbu qismlari Lego ishlab chiqarish katalogida yo‘q.

Foto: Europaplus

Mazkur ixtiro o‘n mingdan ortiq foydalanuvchi ovozini to‘plasa, proyektor konstruktori ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

Konstruktor to‘plamida 519 ta blok mavjud. Har bir qo‘shimcha slayd uchun yana 7 ta detal kerak bo‘ladi. Bizningcha, ushbu ixtiro yetarli ovoz to‘play oladi va proyektor ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »