Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

HAMAS harakati yetakchilaridan biri Usama Hamdan maʼlum qilishicha, Isroil va G‘arb hukumatlarining G‘azodagi harakatlari qarshilik guruhini to‘xtata olmaydi va Isroilni tobora halokatga yetaklaydi. Bu haqda Falastin va Livan nashrlari tarqatgan maʼlumotlarga asoslanib, IRNA nashri xabar berdi.

Foto: IRNA

Hozirda Livan hududida bo‘lib turgan HAMAS sobiq yetakchisi dastlab Livanning Al-Mayadeen axborot tarmog‘iga intervyu bergan. Intervyuda Usama Hamdan Isroil va Amerikaning Misr poytaxtida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralari haqida fikrlarini bildirgan. Unga ko‘ra, yuzaki uyushtirilayotgan bu uchrashuvlar hech qanday amaliy ahamiyatga ega emas.

“Shubha yo‘qki, o‘z maqsadiga erishmagan har qanday muzokara davom etmaydi. Isroilliklar esa bu paytdan foydalanib, G‘azodagi gumanitar inqirozni kuchaytirmoqchi”, — degan HAMAS rasmiysi.

Xabarda aytilishicha, HAMAS guruhiga daxldor rahbariyatning G‘arbga nisbatan asosiy eʼtirozi vaqtinchalik sulh borasida yuzaga kelgan. G‘arb urushni to‘xtatishni emas, balki vaqtinchalik sulh bo‘lishini istaydi.

Hamdanga ko‘ra, HAMASning pozitsiyasi boshidan aniq. U Isroil talablari asosidagi adolatsiz kelishuv loyihasini qabul qilmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »