Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

So‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektori janubi va markazida Isroil harbiy amaliyotlari oqibatida kamida 82 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

Foto: Anadolu

Xabarda aytilishicha, Nuseyrat qochqinlar lageriga uyushtirilgan so‘nggi hujumda kamida 13 falastinlik halok bo‘lgan. Fuqarolik mudofaasi ekipajlari hozirda vayronalar ostidan barcha qurbonlarni olib chiqish ustida ish olib bormoqda. Qurbonlar va yaradorlar soni ortishi mumkin.

Arab nashrlari bergan maʼlumotlarga qaraganda, so‘nggi 24 soat davomida G‘azoda kamida 82 nafar falastinlik o‘ldirilgan. Yaralanganlarning umumiy soni maʼlum emas.

Manbada aytilishicha, G‘azo janubidagi Xon Yunus shahri hududida bombardimon qilish davom etmoqda. Isroil kuchlari Hamad turar joy maskani hududidagi bir qancha minoralarni nishonga olgan.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »