Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanida maktab direktori ikki bolaning boshini bir-biriga urishtirib, tanbeh bergani aks etgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Foto: Videodan kadrlar

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmatining bildirishicha, holat 2023-yilning 13-yanvarida Yakkabog‘ tumanidagi 80-maktabda sodir bo‘lgan. 2018-yildan buyon ushbu maktab direktori lavozimida ishlab kelayotgan T.A. 6-sinf (hozirda 7-sinf) o‘quvchilari Q.A. va T.E. sinf partalarini sindirishga uringani uchun ularni urib, tanbeh bergan. Bu muhokamada direktor xonasida kadrlar menejeri va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ham bo‘lgan.

 “Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi o‘quvchilarning kaltaklanishi, majburiy taʼsir o‘tkazish holatini qo‘llab-quvvatlamaydi. O‘z lavozimiga bepisandlik bilan qaragan maktab direktori, ushbu jarayonga aloqador barcha pedagoglarga amaldagi qonunchilikka ko‘ra jazo chorasi qo‘llanishini maʼlum qiladi”, — deyiladi xabarda.

Ayni paytda ushbu maktab faoliyati alohida tartibda mehnat qonunchiligiga asosan o‘rganilmoqda. Holat Yakkabog‘ tuman IIB masʼul xodimlari nazoratiga ham olingan.

Mazkur videodagi holat bo‘yicha Bolalar ombudsmani ham munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, maktab direktori ikki o‘quvchini sinf partasini sindirib, shovqin solib yurgani vaji bilan shunday nomaqbul tarzda tarbiyalashga uringan.

Maktab direktorining mazkur harakatlari yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB tomonidan 9-martdan boshlab tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettirishini qo‘shimcha qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »