Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston Amerikaning Apple kompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Foto: Depositphotos

Vazirlikka ko‘ra, muzokaralar Qozog‘istonda Apple kompaniyasining rasmiy ofisini ochish bilan bog‘liq. Qo‘shni respublikada Apple ofisini ochish masalasi shu yilning 23-yanvarida Olmaotada sodir bo'lgan zilziladan keyin paydo bo‘ldi. O‘shanda iPhone foydalanuvchilari smartfonlariga ogohlantirishlar kelmagan. Agar Apple Qozog‘istonda o‘z vakolatxonasini ochsa, bu Markaziy Osiyoda birinchisi bo‘ladi.

2021-yilda O‘zbekistonda Apple va Netflix vakolatxonalari ochilishi haqidagi maʼlumotlar keng muhokama qilingan edi.

“Dunyodagi top-10 likka kiradigan Samsung kompaniyasining respublikamizda to‘rtta rasmiy ofisi ochildi. Yaqin kunlarda Apple kompaniyasining ham rasmiy ofislari ochilishi rejalashtirilmoqda”, — degan o‘shanda  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov.

Biroq o‘shandan beri bu haqda hech qanday ma’lumot bo‘lmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »