Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazib berishni ko‘paytirish maqsadida vaqtinchalik port qurish uchun jihozlangan Amerika kemasi O‘rta Yer dengiziga yo‘l oldi. Bu haqda AQSH Qurolli Kuchlar Markaziy Qo‘mondonligi axborotiga tayanib, Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: Getty Images

Xabarga ko‘ra, AQSH harbiy-dengiz kuchlarining General Frank S.Besson kemasi 9-mart kuni Lengli-Eustis bazasini tark etib, muhandislar va zarur jihozlarning birinchi jo‘natmasini olib, sharqiy O‘rta Yer dengizi tomon yo‘l olgan.

Ma’lum bo‘lishicha, vaqtinchalik port ikki oy ichida qurilishi mumkin, qurilishda mingga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etadi. U G‘azoda vaqtinchalik boshpana qurish uchun zarur bo‘lgan insonparvarlik yuklari, jumladan oziq-ovqat, dori-darmon va qurilish materiallarini olib ketayotgan kemalarni qabul qiladi. 

Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotni davom ettirish bo‘yicha pozitsiyasini yana bir bor tanqid qilgan edi. 

Menimcha, u Isroilga yordam berishdan ko‘ra ko‘proq zarar keltirmoqda, butun dunyoni Isroil tarafdori bo‘lishga qarshi chiqish uchun majbur qilmoqda. Men buni katta xato deb hisoblayman, — deya ta’kidlagan AQSH rahbari.

7-mart kuni Kongressga murojaatida Bayden falastinliklarga gumanitar yordam yetkazish uchun G‘azo sektorida vaqtinchalik port qurish tashabbusini ilgari surgan edi. U qurilishda amerikalik ishchilar bo‘lmasligini ta’kidlagan. Xavfsiz dengiz koridorini yaratish loyihasida Yevropa Ittifoqi, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar ham ishtirok etmoqda. G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini yetkazib berishni ko‘p oylardan beri tashkil etishga urinayotgan Kipr asosiy rol o‘ynaydi. Gumanitar yuklar Larnakadan dengiz orqali G‘azo sektoriga yetkazilishi kutilmoqda.

Vaqtinchalik yechim sifatida gumanitar yordamni G‘azo sektori qirg‘oqlari yaqinida yirik kemalardan kichik kemalarga qayta yuklash yoki avval G‘azoga tashish uchun Isroil va Misrga gumanitar yuklarni yetkazib berish taklif qilinmoqda. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »