Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mashhur kriptovalyuta bitkoinning narxi 2024-yil 11-mart kuni 71 ming dollardan oshdi. Ma’lumotlar Binance birjasida e’lon qilindi.

Foto: Envato Elements


Yangilik e’lon qilingan paytda bitkoin 71 227 dollarga teng edi. 24 soat ichida o‘sish 2,62 foizni tashkil etdi. 10-mart kuni bitkoin 69 692 dollarga baholangan edi. Boshqa kriptovalyutalarning narxi ham oshgan:

  • Ethereum (ETH): 4 006,20 dollar, 24 soat ichida o‘zgarishlar +1,64 foiz.
  • BNB (BNB): 528,40 dollar, 24 soat ichida o‘zgarishlar +4,33 foiz.
  • Dogecoin (DOGE): 0,176665 dollar, 24 soat ichida o‘zgarishlar: +0,24 foiz.

2024-yilning 5-martida bitkoin tarixidagi eng yuqori darajaga yetgani haqida xabar berilgan edi. O‘shanda uning Binance birjasidagi narxi 69 ming dollardan oshgan.

Yaqinlashib kelayotgan halving bitkoin narxiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Bitkoin halving kriptovalyuta hamjamiyatida har to‘rt yilda bir marta sodir bo‘ladigan muhim voqea. Bu hodisa har 210,000 blokda yoki taxminan har to‘rt yilda sodir bo‘ladigan bitkoin siyosatining ajralmas qismi, halvingdan so‘ng tangalarni ishlab chiqarish tezligi pasayadi va maynerlar mukofoti teng yarmiga kamayadi. Bitkoin asoschisi Satoshi Nakamoto unga qiziqishni doimiy ravishda saqlab qolish uchun cheklangan emissiya va halvingni o‘ylab topgan. Agar har bir halvingdan keyin bitkoin olish qiyinlashsa, uning qiymati oshadi. Demak, halving inflyatsiyani nazorat qilish va tanqislikni keltirib chiqarish uchun mo‘ljallangan.

Navbatdagi bitkoin halving taxminan 2024-yil aprel—may oylarida bo‘lib o‘tadi. Bu hodisa ommaviy axborot vositalarida katta shov-shuvga aylanib, bitkoinga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishi kutilmoqda. Chase Bank tahlilchilarining prognozlariga ko‘ra, kelasi yilgi halvingdan so‘ng bitkoin narxi 120 000 dollargacha chiqishi mumkin. 2024-yilda halving juda muhim, chunki bu yilda bitkoin inflyatsiya darajasi nihoyat oltin darajasidan pastga tushadi va bu uni eng noyob pulga aylantiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »