Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan falastinlik bolalar Italiya samolyotida Qohiradan Rimga uchib ketdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Foto: Getty Images

G‘azodan tibbiy yordamga muhtoj bolalar va kattalarni olib ketayotgan uchinchi reys 10-mart kuni Misrdan Italiyaga yetib keldi. Samolyot bortida 45 nafar falastinlik bo‘lib, ulardan 8 nafari kattalar, 14 nafari bolalar va 23 nafari ularning tarbiyachi hisoblanadi. Bemor bolalar Italiyaning eng yaxshi pediatriya shifoxonalarida davolanadi. Ularning eng kichigi endigina 4 oylik bo‘lgan.

Bu Italiyaning falastinlik bolalarga yordam berish uchun uchinchi havo operatsiyasi. Tashabbus yanvar oyi oxirida boshlangan edi. Italiya G‘azoga gumanitar yordam uchun dengiz yo‘lagi faollashishi bilan  dala kasalxonasini yuborishga tayyor. Dengiz yo‘lagini ochish uchun Yevropa Ittifoqi, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar va tashkilotlar harakat qilmoqda.  G‘azo sektorida vaqtinchalik port qurish uchun uskunalar olib ketayotgan Amerika kemasi 10-mart kuni O‘rta Yer dengiziga yo‘l olgan edi.

Misr — aholining qariyb chorak qismini ochlik yoqasida qoldirgan gumanitar inqiroz kuchaygan bir paytda G‘azoga havodan yordam yuborayotgan bir necha davlatlardan biri. BMTning Falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi G‘azo shimolidagi vaziyatni “fojiali” deb atagan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »