Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Falastinning HAMAS qarshilik harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya maʼlum qilishicha, sionistik rejimning G‘azodagi fitnalari muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Mamlakat ertami kechmi ulkan jinoyatlari uchun badal to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda IRNA nashri xabar berdi.

Foto: IRNA

Falastin rahbariga ko‘ra, 7-oktyabr voqealari unutilgan Falastin muammosini yana jahon afkor ommasi diqqat markaziga qaytargan. Hozirgidagi kabi bosqinchiliklar aslida oldin ham Falastinga nisbatan ko‘p bora sodir etilgan.

HAMAS rahbari, shuningdek, G‘azo masalasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erisha olmagani uchun Isroil rejimini ayblab, bu harakat Isroil tajovuzini to‘liq to‘xtatishi va kuchlarini G‘azodan olib chiqib ketishdan boshqa hech narsa bilan yakunlanmasligini yana bir bor taʼkidlagan.

“Muzokaralar davomida biz beshta tamoyilni belgilab oldik, ular orasida keng qamrovli sulh, urushni tugatish, kuchlarni G‘azodan to‘liq olib chiqib ketish, ko‘chirilganlarni qaytarish va G‘azo xalqiga gumanitar yordam yetkazish borasidagi kelishuvlar bor”, — degan harakat rasmiysi.

Haniya, shuningdek, G‘azo sektorini ikki qismga bo‘lishga qaratilgan har qanday fitnani qoralab, falastinliklar o‘n minglab yaqinlarini yo‘qotgan bo‘lsa-da, maqsadlaridan voz kechmasa, dushman bunday fitnaga erisha olmasligini taʼkidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »