Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

12-mart kuni G‘azo hududidan 47 nafar Ukraina fuqarosi shoshilinch evakuatsiya qilindi. Fuqarolar dastlab Moldovaga olib kelingan. Bu haqda Ukraina harbiy razvedka boshqarmasi tarqatgan maʼlumotga asoslanib, The Kyiv Independent nashri xabar berdi.

Foto: The Kyiv Independent

Xabarda aytilishicha, G‘azodan xorijliklarni evakuatsiya qilish 1-noyabr kuni Misr Rafah nazorat-o‘tkazish punktini ochgandan so‘ng boshlangan. G‘azoda bo‘lgan ukrainaliklarning birinchi guruhi 7-noyabrda sektordan chiqishga ruxsat olgan. Birinchi evakuatsiya operatsiyasida G‘azodan jami 363 nafar Ukraina fuqarosi evakuatsiya qilingani xabar berilgan.

47 nafar fuqaro evakuatsiya qilingan so‘nggi operatsiya Ukraina mudofaa vazirligi hamda Ukrainaning Isroil va Misrdagi elchixonalari diplomatik xodimlari tomonidan amalga oshirilgan. Fuqarolar G‘azodan olib chiqilgach, dastlab bir qancha payt Misrdagi mehmonxonaga joylashtirilgan. So‘ngra samolyotda Moldovaga ko‘chirilgan. Hozirda fuqarolar avtobusda Odessa hududiga olib ketilayotgani maʼlum qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »