Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Saudiya Arabistoni Isroil bilan munosabatlarni to‘la uzishdan manfaatdor emas. Qirollik Tel-Aviv bilan munosabatlarini qayta tiklashi va hattoki Isroilni tan olishi mumkin. Buning uchun Isroil Yaqin Sharqdagi ikki davlat yechimi masalasini uzil-kesil yopib, Falastin davlati tuzilishiga imkon berishi kerak. Bu haqda shaxsini oshkor etmagan saudiyalik diplomat Al-Arabia nashriga maʼlum qilgan.

Foto: Reuters

“Isroil tomonda mazkur qadamni qo‘yishimizga yordam beradigan sherigimiz yo‘q. Falastin ozod bo‘lmasa, Isroil va Saudiya aloqalari bo‘lmaydi”, — degan shaxsi nomaʼlum qirollik diplomati.

Xabarda aytilishicha, Isroil parlamentida o‘tgan so‘nggi yig‘ilish ikki davlat yechimi masalasini uzil-kesil rad etgan. Deputatlar Isroil tevaragida yangi bir arab davlati shakllanishi va qonuniy mustahkam suverenitetga erishishi masalasiga qatʼiy qarshi chiqqan.

Oldinroq AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil o‘z xavfsizligini kafolatlashining yagona yo‘li ikki davlat yechimi bo‘lishi haqida fikr bildirgan edi. Baydenga ko‘ra, Isroil va uning barcha arab qo‘shnilari, jumladan Saudiya Arabistoni o‘rtasida tinchlikni kafolatlaydigan boshqa yo‘l yo‘q.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »