Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

11-mart kuni tongda Isroil harbiy samolyotlari G‘azo sektoriga bir qator zarbalar berdi. Hujumlar oqibatida kamida 19 nafar g‘azolik halok bo‘lgan. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

Arxiv foto: Al Jazeera

Xabarda aytilishicha, nisbatan faol hujumlar Rafah shahrining g‘arbiy qismidagi turar joy binolariga qaratilgan. 11-mart tongida ushbu hudud artilleriya snaryadlaridan o‘qqa tutilishi oqibatida uch nafar tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Shu bilan birgalikda, G‘azo shahrining sharqiy qismidagi bo‘sh turar joylar va yaqin atrofdagi qishloq xo‘jaligi yerlari nishonga olingan. Qator obyektlar havo bombalaridan foydalanib, buzib tashlangan.

Xabarlarga ko‘ra, eng vayronkor holat G‘azo shahrining Zaytun aholi punktida sodir bo‘lgan. Ushbu hududda ko‘chirilgan oilalar joylashgan turar joylar binolari o‘qqa tutilgan. Natijada fuqarolar qochishga ulgurmasdan halok bo'lgan.16 nafar g‘azolik jasadlari vayronalar ostidan olib chiqilgani xabar qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »