Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Tolibon” harakati bosh vaziri Mulla Muhammad Hasan Oxund bilan uchrashuvda O‘zbekiston Afg‘onistonda sement zavodi qurish, ko‘mir qazib olish va ko‘mirdan 200 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun sarmoya kiritmoqchi ekanini aytdi.

12-mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri va O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Mulla Muhammad Hasan Oxund bilan uchrashdi, deb yozadi “Tolibon” bosh vazirligi idorasi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Foto: Etilaatroz.com

Bu uchrashuvda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston “Tolibon” bilan iqtisodiy va qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha o‘z tajribasini baham ko‘rishni istashini aytdi.

“Afg‘on-Trans” temiryo‘li loyihasiga to‘xtalar ekan, u O‘zbekiston professional delegatsiyasi tez orada ushbu loyihani texnik ishlarini ko‘rib chiqish uchun Afg‘onistonga kelishini aytdi.

“Tolibon” bosh vaziri O‘zbekistonning Afg‘onistondagi loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, u “Tolibon” idoralari va rasmiylariga ushbu loyihalarni O‘zbekiston tomoni bilan to‘liq muvofiqlashgan va hamkorlikda amalga oshirishni buyuradi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Kobulga tashrifi chog‘ida “Tolibon” harakatining qator rasmiylari, jumladan “Tolibon” bosh vaziri o‘rinbosarlari Abdul G‘ani Baradar va Abdul Salam Hanafiy bilan ham alohida uchrashdi.

Ushbu uchrashuvlarda “Tolibon” rasmiylari ushbu harakatning O‘zbekiston bilan aloqalarini kengaytirishga alohida urg‘u berishdi.

Aytish joizki, so‘nggi ikki yarim yil ichida O‘zbekiston “Tolibon” harakati bilan keng ko‘lamli aloqalarni o‘rnatdi, har ikki tomonning turli delegatsiyalari Kobul va Toshkentga safar qilib, turli sohalarda, ayniqsa, biznes sohasida o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzoladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »