Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2024-yilning yanvar-fevral oylarida 2,37 milliard dollarga kamaydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Foto: Dzen

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 34 milliard 564,7 million dollarni tashkil etgandi. 1-mart holatiga ko‘ra mamlakatning rasmiy zaxira aktivlari 32,19 milliard dollarni tashkil qildi. Xorijiy valyuta zaxiralari yanvar oyida 1,44 milliard dollarga, fevralda esa 381,5 million dollarga pasaydi. Natijada, ikki oyda jami pasayish 1,82 milliard dollarga yetdi.

Valyuta zaxiralari 7,55 milliard dollarni tashkil etdi. Bu 2023-yil sentyabridan keyingi eng past ko‘rsatkichdir.

Markaziy bank ma’lumotida keltirilishicha, xalqaro zaxiralar hajmidagi yil boshiga nisbatan o‘zgarishlar mavsumiy tusga ega bo‘lib, odatda yanvar-fevral oylarida kuzatiladigan tendensiya hisoblanadi. Shuningdek, mazkur dinamikaga 2019-yilda muomalaga chiqarilgan suveren Yevro obligatsiyalar bir qismining so‘ndirilishi ham ta’sir ko‘rsatgan.

Oltin zaxiralari nima uchun kerak?

Oddiy til bilan aytganda, bu sug‘urta, davlatning “xavfsizlik yostig‘i”. Zaxiralar dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida favqulodda vaziyatlar uchun mavjud.

Zaxiralar odatda yuqori likvidli, ya’ni tez sotiladigan aktivlarda saqlanadi. Oltin va xorijiy valyuta ushbu talablarga javob beradi — ulardan istalgan vaqtda qarz to‘lash yoki investitsiyalar uchun foydalanish mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »