Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Ukrainaga 300 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini yuborishini ma’lum qildi. Bu haqda prezident Jo Bayden ma’muriyatiga tayanib, Reuters xabar berdi.

Foto: Getty Images
AQSHning Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning aytishicha, mablag‘lar yuqori harakatlanuvchi artilleriya raketa tizimlari uchun artilleriya snaryadlari va o‘q-dorilarni sotib olishga sarflanadi.
Bu Ukrainaning urush ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli darajada emas, — deya Sallivan o‘q-dorilar Ukraina uchun faqat bir necha haftaga yetishini qo‘shimcha qilgan.

Pentagon matbuot kotibi general-mayor Pat Rayderning aytishicha, yordam paketiga zenit-raketalar va artilleriya o‘qlari kiritilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga Pentagon kelishuvi orqali qurol yetkazib berish Kiyevni moliyalashtirishning barqaror usuli emas, balki bir martalik holat bo‘lishi mumkin.

AQSH rasmiylari 2022-yilda Rossiyaning muzlatilgan qariyb 285 milliard dollarlik aktivlarini musodara qilish va bu pulni Ukraina armiyasi uchun  ishlatish variantlarini ham ko‘rib chiqqan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »