Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

12-mart kuni Daniya Mudofaa vazirligi Ukrainaga 2,3 milliard kron (336 million dollar) miqdorida yangi harbiy yordam paketi ajratilganini maʼlum qilgan. Bu haqda The Kyiv Independent nashri maʼlum qilgan.

Foto: Getty Images

Xabarda aytilishicha, ushbu paket Daniyaning Ukrainaga yetkazib bergan 16-harbiy yordam paketidir. Daniya bundan oldin oxirgi marta 2024-yil fevralida taxminan 247 million dollarlik harbiy yordam paketini taqdim etgan edi.

Daniya ajratgan so‘nggi paket “Sezar” o‘ziyurar artilleriya tizimlari, 120 mmli avtonom boshqaruvli minomyotlar va tegishli o‘q-dorilarni o‘z ichiga oladi. Mablag‘larning bir qismi Ukraina uchun snaryadlar sotib olishga sarflanadi.

“16-yordam paketi ajratish bilan biz uzoq vaqt davomida Ukraina bilan birga ekanligimizni yana bir bor taʼkidlagan bo‘lamiz. Ukrainlarning ozodlik uchun kurashi Yevropaning kurashidir. Shundan bir paytda biz ukrainaliklarni o‘z holicha tashlab qo‘ya olmaymiz”, — degan Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lokke Rasmussen vaziyatga munosabat bildirib.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »