Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan ikki o‘yin 6-mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Real” javob o‘yinida “Leypsig”ga qarshi bahs olib bordi. Birinchi bo‘limda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Ikkinchi bo‘limda esa madridliklar hisobni ochdi. 65-daqiqada Bellinghemning uzatmasini Vinisius Junior golga aylantirdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Villi Orban hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Karlo Anchelotti shogirdlari keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Germaniyada bo‘lib o‘tgan o‘yinda “qaymoqranglilar” 1:0 hisobida zafar quchgandi.

“Manchester Siti” “Kopengagen”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Shaharliklar” safida Manuel Akanji, Xulian Alvares hamda Erling Holand gol mualliflariga aylangan bo‘lsa, Daniya jamoasi tarkibida Elyunussi o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 

Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda ham Pep Gvardiola shogirdlarining qo‘li baland kelgandi. Daniyada bo‘lib o‘tgan o‘yinda ham 3:1 hisobi qayd etilgan. 


YCHL

1/8 final

6-mart, chorshanba

“Real” – “Leypsig” 1:1

Gollar: 1:0 – 65 Vinisius Junior, 1:1 – 68 Orban.

“Real Madrid”: Lunin, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Mendi, Kroos (Modrich, 78), Tchuameni, Kamavinga (Rodrigo, 46), Valverde, Bellinghem (Xoselu, 85), Vinisius Junior.

“Leypsig”: Gulachi, Xenrixs, Orban, Lukeba, Raum, Shlager (Elmaz, 85), Olmo, Aydara, Simons, Openda (Poulsen, 77), Sheshko (Baumgartner, 85).

Ogohlantirishlar: Shlager (20), Raum (50), Vinisius Junior (54), Orban (71), Tchuameni (73), Kroos (75).

“Manchester Siti” – “Kopengagen” 3:1

Gollar:1:0 – 5 Akanji, 2:0 – 9 Alvares, 2:1 – 29 Elyunussi, 3:1 – 45 Holand.

“Manchester Siti”: Ederson, Lyuis, Ruben Diash (Stounz, 68), Akanji, Gvardiol, Kovachich, Rodri (Serxio Gomes, 46), Mateush Nunesh (Hemilton, 74), Bobb, Holand, Alvares.

“Kopengagen”: Grabara, Ankersen, Vavro, Makkenna, Diks, Yelert (Meling, 78), Elyunussi, Ashuri (Bardegji, 58), Klem (Heylund, 69), Froholdt (Mattsson, 58), Ouskarsson (Kornelius, 69).

Ogohlantirish: Kornelius (84).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »