Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan ikki o‘yin 5-mart, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Bavariya” o‘z maydonida “Latsio”ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv davomida Tomas Myuller bitta, Harri Keyn esa 2 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda italyanlarning qo‘li baland kelgandi (1:0). Shu tariqa, ikkala uchrashuv natijalariga ko‘ra, myunxenliklar 3:1 hisobida zafar quchib, chorak finalga yo‘l oldi.

“PSJ” esa safarda “Real Sosyedad” mehmoni bo‘ldi. 15-daqiqada Kilian Mbappe ajoyib reydni amalga oshirdi va vaziyatni chiroyli gol bilan yakunladi. 56-daqiqada esa Mbappe dublni rasmiylashtirdi. So‘nggi daqiqalarda Merino hisobni qisqartirdi. Biroq bu gol ispanlar uchun yetarli bo‘lmadi va Parij klubi ikkala o‘yin natijasiga ko‘ra (2:0, 2:0) g‘alaba qozonib, keyingi bosqich yo‘llanmasini hal qildi.


YCHL

1/8 final

5-mart, seshanba

“Bavariya” – “Latsio” 3:0

Gollar: 1:0 – 38 Keyn, 2:0 – 45 Myuller, 3:0 – 66 Keyn.

“Bavariya”: Noyer, Dayer, de Ligt, Gerreyru (Devis, 78), Pavlovich, Goretska, Kimmix, Myuller (Tel, 78), Sane (Laymer, 89), Musiala (Gnabri, 90), Keyn.

“Latsio”: Provedel, Marushich, Romanyoli, Xila, Pellegrini, Luis Alberto (Kamada, 80), Vesino (Kataldi, 61), Genduzi, Felipe Anderson (Pedro, 75), Zakkanyi (Isaksen, 61), Immobile (Kastelyanos, 61).

Ogohlantirishlar: Romanyoli (80), Kataldi (89), Pellegrini (90).

“Real Sosyedad” – “PSJ” 1:2

Gollar: 0:1 – 15 Mbappe, 0:2 – 56 Mbappe, 1:2 – 89 Merino.

“Real Sosyedad”: Remiro, Traore, Le Norman, Subeldiya (Pacheko, 77), Galan, Mendes (Turrientes, 61), Merino, Subimendi (Olasagasti, 83), Kubo, Bekker (Barrenechea, 61), Oyarsabal (Andre Silva, 77).

“PSJ”: Donnarumma, Hakimi (Soler, 83), Ernandes, Lukas Beraldo, Mendesh (Mukiele, 62), Fabian Ruis (Ugarte, 77), Vitinya, Zair-Emeri, Dembele (Kolo-Muani, 82), Barkolya (Li Kan In, 46), Mbappe.

Ogohlantirishlar: Mendesh (28), Hakimi (41), Kubo (42), Dembele (45), Subeldiya (54).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »