Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

So‘nggi 24 soat ichida G‘azoda Isroil hujumlari oqibatida 100 ga yaqin odam halok bo‘lgan. Bu haqda Al Jazeera nashri G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan maʼlumotga asoslanib, xabar berdi.

Arxiv foto: Al Jazeera

Xabarga ko‘ra, Isroil kuchlari harbiy amaliyot davom etayotgan G‘azo bilan bir qatorda, G‘arbiy Sohilda ham reydlar o‘tkazgan. Reydlarda 4 nafar falastinlik o‘ldirilgan. Ulardan 2 nafari voyaga yetmaganlar bo‘lgan.

So‘nggi sutka davomida G‘azoda Isroil hujumlari oqibatida 88 kishi vafot etgan. 200 ga yaqin mahalliy aholi vakillari og‘ir tan jarohatlari olgan. G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi halok bo‘lganlar soni yana ko‘payishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Maʼlumot o‘rnida, hozirga qadar G‘azoda Isroil hujumlari oqibatida 31 272 falastinlik halok bo‘lgani rasman maʼlum qilingan. 73 024 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »