Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bollivud yulduzi Saif Ali Xonning qizi Sara Ali Xon kino olamidagi debyut ishini 2018-yilda “Kedarnath” filmidan boshlagan. Namoyishdan uch hafta o‘tgach rejissyor Roxit Shettining “Simmba” filmida rol o‘ynagan.

Foto: Bollywood Hungama

Mazkur filmlar hind kino sanoatida katta muvaffaqiyat qozonganidan so‘ng Sara Ali Xon unchalik e’tiborga loyiq ko‘rilmagan filmlar — “№1 Yuk tashuvchi” (Coolie №1), “G‘ayritabbiy sevgi” (Atrangi Re) hamda “Gazlayting” (Gaslight) kabilarda suratga tushdi va uning karyerasi orqaga keta boshladi.

Foto: Bollywood Times

Endi esa 15-martdan boshlab ketma-ket namoyish etiladigan ikkita film premyerasi Saraning karyerasini cho‘qqilarga olib chiqishi mumkin.

“Tabriklaymiz! Bu — qotillik!” (Murder Mubarak)

Foto: DNA India

Mazkur film detektiv komediya bo‘lib, “Qinidan chiqqan pichoqlar” motivlari asosida suratga olingan. Saif Ali Xon filmda gumonlanuvchi shaxslardan biri rolida ishtirok etadi.

Filmda ko‘plab mashhur hind aktyorlari, jumladan, Karishma Kapur, Sandjay Kapur, Vidjay Varma, Dimpl Kapadiya, Tiska Chopralar rol o‘ynaydi.

Film Netflix tomonidan joriy yilning 15-mart kuni chiqishi rejalashtirilgan.

“Vatanim, jonim vatan” (Ae Watan Mere Watan)

Foto: India TV News

Film vatanparvarlik haqida bo‘lib, ozodlik uchun kurashgan Bombey kolleji talabasining qo‘rqmas sayohati haqida hikoya qiladi. Voqealar 1942-yil avgust oyida bo‘lib o‘tadi. Sara Ali Xon urush davrida radio orqali butun mamlakat bo‘ylab yangiliklarni tarqatishda muhim rol o‘ynagan yosh qiz obrazida ko‘rinish beradi.

Film rejissyori Kannan Ayer bo‘lib, premyera Prime Video’da 21-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Mazkur filmlar Sara Ali Xonga ulkan muvaffaqiyat olib kelishi kutilmoqda.  

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »