Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kuni kecha AQSHda “Oskar” mukofoti o‘z sovrindorlariga topshirildi va barcha g‘oliblar ro‘yxati e’lon qilingan edi. Endilikda kino ixlosmandlari ko‘nglidan chuqur joy egallagan, ammo kino tanqidchilar mezoniga ko‘ra Amerika kino-mukofotini qo‘lga kiritmagan aktyorlar haqida ma’lumot beramiz.

Qiziqarlisi, kichik Robert Dauni va Killian Myorfi kabi aktyorlar bir necha yillar davomida orzu qilingan mukofot uchun kurashib keldi va nihoyat joriy yildagi marosimda ularga omad kulib boqdi. Quyida berilgan ro‘yxatdagi aktyorlarda esa buning aksi kuzatilmoqda.

Foto: Homeread

Rejissyor Bredli Kuperning “Maestro” filmi “Oskar-2024”da bir necha nominatsiyalarda ishtirok etdi ammo na film aktyorlari, na rejissyorga kino tanqidchilar tomonidan iliq munosabat bildirildi.

Mashhur aktyor Leonardo DiKaprio ishtirokidagi “Gulli oy qotillari” g‘oliblikka asosiy nomzodlardan biri bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, ovoz berish jarayonida aktyor omadsizlikka uchradi va birorta nominatsiyada yutmadi. Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda rejissyor Aleksandr Gonsales Inyarittuning “Omon qolgan” dramasidagi bosh roli uchun Leonardo DiKaprio o‘zining uzoq kutilgan “Oskar”ini qo‘lga kiritgan.

Foto: Elika

So‘nggi yillarda britaniyalik aktyor Benedikt Kamberbetch turli nominatsiyalar bo‘yicha “Oskar”ga sazovor bo‘lgan filmlar — “12 yil qullikda” va “Taqlid o‘yini” da rol o‘ynadi, ammo mukofotni qo‘lga kiritolmadi. Hozircha aktyorning karyerasida faqat BAFTA, “Emmi” va TV Choice mukofotlari mavjud.

Foto: Starnews

Italiyalik aktrisa va model Monika Belluchchi hamda amerikalik aktyor Jonni Deppga ham hanuz hech qanday kino-mukofot berilmagan. Shuningdek, “Oskar” olmagan aktyorlar ro‘yxatida Tom Kruz, Sheron Stoun, Kemeron Dias va Kira Naytli ham bor. Umid qilamizki, keyingi yillarda mazkur san’atkorlar munosib baholanadi va rasman e’tirof etiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »