Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

14-mart kuni Xon Yunus shahrida Isroil askarlari 15 nafar falastinlikni o‘ldirgan. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

Foto: Anadolu

Xabarda aytilishicha, Xon Yunus shimolidagi Hamad aholi punktida ham besh nafar falastinlik halok bo‘lgan. 20 ga yaqin aholi vakillari tan jarohati olgani xabar qilingan.

G‘azodagi mahalliy nashrlar tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Xon Yunusdagi Yevropa kasalxonasiga kun davomida kamida 25 kishining jasadlari olib kelingan. Jasadlar tanasining turli qismlariga ko‘p marotaba o‘t ochar quroldan o‘q uzilishi oqibatida vafot etgani aytilgan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, 7-oktyabrdan beri G‘azoda Isroil amaliyotlari oqibatida 31341 nafar falastinlik halok bo‘lgan. 73134 kishi tan jarohati olgan.

Isroil G‘azo bilan bir paytda G‘arbiy Sohilda ham reydlar tashkil etmoqda. Xabarlarga ko‘ra, so‘nggi 3 oy davomida G‘arbiy Sohil va Quddus janubidagi aholi maskanlarida Isroil kuchlari reydlari oqibatida kamida 433 kishi halok bo‘lgan, 4650 dan ortiq falastinlik jarohatlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »