Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi agentlik (UNRWA) binosiga Isroil zarba berishi oqibatida besh nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Foto: Getty Images

Xabarda aytilishicha, 13-mart, kun davomida UNRWA binosiga yaqin An-Najjar kasalxonasiga 38 nafar jarohatlanganlar olib kelingan. Ularning aksariyati BMT vakolatxonasi vakillari yoki unga yaqin hududda yashovchi mahalliy aholi vakillari bo‘lgan.

BMT agentligi binosi hozirda ochlik changalida qolgan aholi uchun oziq-ovqat tarqatish markazi ham hisoblanadi. Markaz atrofida harbiy harakatlar sodir bo‘lishi uning faoliyati to‘xtab qolishiga olib kelgan.

G‘arb nashrlari Isroil mudofaa kuchlari bilan bog‘lanib, BMT idorasiga hujum yuzasidan izoh so‘ragan. Isroil tomoni hujum uchun masʼuliyatni bo‘yniga olmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »