Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2025-yil 1-martdan yoshga doir pensiyalar fuqarolar murojaatisiz tayinlana boshlaydi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.

 

Jamg‘armaning maʼlum qilishicha, kelasi yil martdan boshlab pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiyalar avtomatik tarzda, yaʼni hech qanday hujjat talab etmagan holda va fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi. Bu jarayonda shaxsga doir maʼlumotlar vazirlik va idoralar elektron bazalaridan olinadi.

Buning natijasida fuqarolardan pensiya tayinlashda qo‘shimcha hujjatlar yig‘ish uchun Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmasiga murojaat qilish talab etilmaydi. Pensiya yoshiga yetgan fuqaroning telefon raqamiga pensiya tayinlangani va uning miqdori to‘g‘risida maʼlumot yuboriladi, – deya yangi tizim qanday ishlashini tushuntirdi jamg‘arma.

Shuningdek, pensiyaga chiqmay ishlashda davom etish istagidagi hamda pensiya miqdoridan norozi bo‘lgan fuqarolarga avtomatik tayinlangan pensiyani to‘xtatish huquqi beriladi. Bunda pensiya avtomatik tayinlangani yoki tayinlanishi rad etilgani haqida SMS xabar yuboriladi. Fuqaro pensiya tayinlangani yoki tayinlanishi rad etilganidan, uning miqdoridan norozi bo‘lgan taqdirda jamg‘armaga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 1-yanvardan fuqarolar uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali pensiya tayinlashni so‘rab onlayn murojaat qilish imkoni yaratildi. Shu bilan birga, Pensiya jamg‘arilgan pensiya mablag‘larini Xalq bankining mobil ilovasi orqali olish yo‘lga qo‘yildi.

Avvalroq mamlakatda pensiyani hisoblashda nimalar inobatga olinishi tushuntirilgandi.  

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »